Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahrisabzdagi nonvoyxonada gaz baloni portladi. Uch nafar ishchi kasalxonaga yotqizildi
2019 yil 2 may kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida joylashgan “Sabi Nur Kesh” MChJga qarashli nonvoyxonada 20 litr hajmdagi propan gaz ballonidan sizib chiqqan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada nonvoyxonaning uch nafar ishchilari kuyish jarohatlarini olgan va kasalxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, agarda siz xonadoningiz yoki ish joyingizda propan gaz balonlaridan foydalanayotgan bo‘lsangiz gaz balonlarining texnik soz holda ekanligiga e'tibor qaratish bilan birga, xavfsizlik qoidalariga amal qiling!” - deyiladi IIV xabarida.
Mavzuga oid
08:26 / 09.07.2026
Jahon gaz bozorida qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
16:36 / 29.05.2026