“Kasalligim tufayli turmush ham qurolmadim...” 35 yoshli qizga yordam zarur
Saytimizga xayriya aksiyasi uyushtirishni so‘rab murojaat qilayotganlar soni kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Ularning har biri o‘ziga xos taqdir egasi bo‘lsada, hammasini og‘ir dard qiynaydi, har biri javdirab najot izlaydi.
Tahririyatimizga Surxondaryoning uzoq Sho‘rchi tumanidan tashrif buyurgan Feruza Ramazonova tug‘ilganidan buyon bir nechta murakkab dardlar bilan kurashib kelgani ma'lum bo‘ldi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
– Yoshim 35 da. Tug‘ilganimdan, esimni taniganimdan buyon davolanib kelaman. Bolalagimda gepatit V bilan kurashgan bo‘lsam, keyinchalik immunitetim pasayib ketdi va 14 yoshimda qandli diabet ham orttirdim. Bularga-ku chidab yurardim, ammo 5 yildan buyon jigar sirrozi meni qiynab kelmoqda. Bilmadim, bir jonimga shuncha dard nega ekan?..
Ba'zan hayotga nega kelganimga haqida ham o‘ylab qolaman. Albatta, shuncha dardlarga qaramay umrim bor ekan, yashab yuribman, shunisiga ham ming bor shukr. Lekin tanam xuddi dorixonaga o‘xshab qolgan, qo‘llarim ignalardan ilma-teshik bo‘lib ketgan. Hamisha dorilar ichib yurish, shifoxonalarda ustma-ust davolanish, uzluksiz og‘riqlardan shunchalar charchaganmanki...
Otam o‘tib ketgan, yolg‘iz onam qolgan. Men onamga yagona farzandman. U bechoraga suyanchiq bo‘lishim kerak bo‘lgan paytda onam men uchun qayg‘urgani-qayg‘urgan. Onam ham, men ham ozgina pensiya olamiz va u dorilar tugul tirikchilikka ham yetmaydi.
Yoshim 35ga chiqdi, ammo turmushga chiqa olmadim. So‘rab kelganlar bo‘ldi, ayrimlari hatto kasalligimga qaramay turmushga chiqishga taklif qilishdi, ularga ham rahmat. Lekin men o‘zimning bu dardlarim bilan kimgadir yuk bo‘lishni istamayman, butun umr baxsiz qilishni istamayman. Sababi bu holatimda farzand ham ko‘ra olmayman...
Shifokorlar menga oxirgi chora sifatida jigar transplantatsiyasi zarurligi, shu asosiy dardlarimga davo bo‘lishini bildirishdi. Onajonim menga jigarining bir qismini berishga tayyor. Bu operatsiya Hindistonda o‘tkazilayotganini aniqladik. Operatsiya uchun kamida 150 mln so‘m kerak ekan. Shu paytgacha ko‘mak berib kelgan qarindosh-urug‘larim ham qarab turishmaydi. Lekin bu katta mablag‘ni baribir to‘play olmaymiz. Shu bois saxovatli insonlardan yordam so‘rashga majbur bo‘ldim. Iltimos, Alloh xayringizni bersin, menga yordam bering. Yolg‘iz boshimga sizdan boshqa ko‘makchi yo‘q. Menga qilgan yordamingiz davlatingizni bundan-da oshirsin. Hech kimning boshiga men chekayotgan dardlar tushmasin, hech kimning oilasi bunday sinovga duchor bo‘lmasin...
Ruscha-o‘zbekchani aralashtirib hayajon bilan gapirayotgan Feruzaning so‘zlarini tinglarkanmiz, shu dardlarga qaramay hayotdan umidini yo‘qotmagan bu qizning irodasiga qoyil qoldik. Ko‘zlarida ilinj shu'lasi bor, yaxshi insonlar saxovatiga ishonib kelgan.
Aziz vatandosh! Bizning xayriya aksiyalarimiz murakkab vaziyatga tushgan insonlarga yordam qo‘lini cho‘zishdek ezgu maqsadni ko‘zlaydi. Lekin bu qo‘l sizning qo‘lingiz! Sizning yordamingizsiz hammasi bekor, befoyda. Feruza Ramazonovaga Muqaddas Ramazon kunlarida ko‘mak beraylik, savobli ishingiz hammaga ibrat bo‘lsin.
Feruza Ramazonovaga oid zarur ma'lumotlar:
Telefon +99890 9155684 , +99890 1879193
Qishloqqurilish Bank (Feruza Ramazonova)
Click\PayMe: 8600 0904 1202 3333
MFO: 00359
INN: 202042186
Naqd pul topshirganda: 23116000900000359019
Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 23118000900000359001
Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120000700000359001
Viza karta: 4097 8301 3020 8826 Feruza Ramzonova
Tranzit raqami: 29801840300000440060
Abror Zohidov tayyorladi,
tasvirchi Muhammadjon G‘aniyev
Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!
Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
Chexiyada rossiyaliklarga fuqarolik berishni taqiqlovchi qonun ma’qullandi
Jahon | 23:41 / 22.01.2025
-
AQSh janubida qor bo‘ronlari sabab birinchi marta favqulodda holat e’lon qilindi
Jahon | 23:19 / 22.01.2025
-
"Husanov tezroq ingliz tilini o‘rganishiga umid qilaman. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari ajoyib" – Gvardiola Abduqodir Husanov haqida
Sport | 23:12 / 22.01.2025
Mavzuga oid
22:14 / 14.08.2024
Yangi Zelandiyada 300 dan ortiq oilaga tarkibida o‘limga olib keluvchi metamfetamin bo‘lgan konfetlar tarqatildi
12:33 / 27.01.2023
"Bolalarim to‘shakka mixlanib qolishidan qo‘rqaman" - ikki farzandi og‘ir xastalikka chalingan ona iztirobi
11:58 / 30.12.2022
“Onam uchun jigarimni beraman”- farzandlari uchun yashashga kuch topayotgan ona o‘kinchi
12:20 / 16.12.2022