Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 51 yoshli fuqaro firibgarligi uchun qo‘lga olindi
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 2018 yil 11 may kuni tuman IIBga hujjatlar tushgan, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Ularga ko‘ra, 2014 yil 24 may kunidan 2015 yil 8 noyabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi 51 yoshli B.S. Samarqand ko‘chasida yashovchi 45 yoshli F.H.ning uyida unga oshxona jihozlarini yasab berishni va'da qilib, 7 600 AQSh dollari olib bergan va'dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida B.S. 2019 yil 11 aprel kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida ushlangan.
Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
07:34 / 05.05.2026
Ugom daryosi davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilindi
10:57 / 27.04.2026
Angrenga kirishda yuk mashinasi 4 ta yengil mashinani urib ketdi, qurbonlar va yaradorlar bor
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
13:51 / 24.04.2026