Jamiyat | 20:26 / 07.05.2019
14119
6 daqiqa o‘qiladi

“Yordam so‘rash qanchalik og‘ir bo‘lmasin, jigarbandim uchun majburman”. Oqqonga chalingan bolajonlarga ko‘mak bering

Yaxshilikkka shoshilib yashash kerak. Zero yaxshilik inson umriga umr, rizqiga rizq, hayotiga mazmun bag‘ishlaydi. Yaxshilik insonning o‘zini ham yuqori martabalarga ko‘taradi. Saxovat xalqni jisplashtiruvchi va mehr-oqibatni kuchaytiruvchi xislatdir.

Xabaringiz bor, Kun.uz jamoasi Toshkent shahrida joylashgan Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutidagi ko‘makka muhtoj insonlar holidan xabar olib kelmoqda. Bu safar ham oqqon kasalligiga chalingan bemorlarning shifokori va yaqin qarindoshlari bilan bog‘landik.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Birinchi bemorimiz Islombek Anvarov Jizzax viloyati Zomin tumanidan kelgan. Islombek hozirda 2 yoshda bo‘lib, 2 kurs davo muolajalarini davom ettiryapti. Onasi Dildora Yangiboyevani ta'kidlashicha, Islombekni davolatish uchun sotmagan narsasi qolmagan, hozirda dori-darmonlarga juda qiynalib qolishgan. Davolanishni davom ettirishi uchun oila yaxshilarning moddiy ko‘magiga muhtoj. 

Telefon: +99894 440 55 66 

Otasi Yangiboyev Sherzod nomiga ochilgan karta:

AGROBANK Click/PayME: 8600 0417 2376 6946

MFO: 00454

INN: 201 005 083

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 8000 0045 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 6000 0045 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2311 8000 6000 0045 4001

Keyingi bemorimiz Ruhshona Rahmonqulova Sirdaryo viloyati Xovos tumanidan kelgan. Ruhshona hozirda 3 yoshda. Gematologiyada 2 kurs davo muolajalarini qabul qilyapti. Otasi oddiy ishchi. Onasi uy bekasi bo‘lib, Ruhshonani davolatishni davom ettirishi va dori-darmonlarni sotib olish uchun mablag‘ zarur. Onasi Guljahon To‘rayeva va uning oilasi yaxshilar uchun doim duoda.

Telefon: +99893 378 99 49 

Onasi Guljahon To‘rayeva nomiga ochilgan karta:

AGROBANK Click/PayME: 8600 0424 2436 4973

MFO: 00454

INN: 201 005 083

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 8000 0045 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 6000 0045 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2311 8000 6000 0045 4001

Navbatdagi bemorimiz Mohinur Murodbekova Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidan kelgan. Mohinur 3 yoshda bo‘lib, hozirgi kunda Gematologiyada 3 kurs davo muolajalarini qabul qilayapti. Onasi Xusniyo Sobirjonovaning ta'kidlashicha, turmush o‘rtog‘i oddiy ishchi, o‘zi esa uy bekasi. Qarindoshlari va yaqinlari yordam berishgan. Ammo dori-darmonlar qimmatligi va davolanish uzoq vaqtni talab etishi sababli hozirda moddiy yordamga muhtoj bo‘lib qolishgan. 

Telefon: +99893 914 20 50 

Otasi Elbek Mirzayev nomiga ochilgan karta:

AGROBANK Click/PayME: 8600 0423 2941 0921

MFO: 00454

INN: 201 005 083

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 8000 0045 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 6000 0045 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2311 8000 6000 0045 4001

Keyingi bemorimiz Samarqand viloyati Urgut tumanidan kelgan Shaxrinabonu Xaydarova . Shaxrinabonu 14 yoshda bo‘lib, hozirda 1 kurs davo muolajalarini olyapti. Kelajakda jurnalist bo‘lishni orzu qilgan bu qizaloqqa oqqon tashxisi qo‘yilgandan so‘ng uning ota-onasi juda og‘ir ahvolga tushib qolgan. Onasi Nigina Karimova qizining bu dardga chalinganidan ko‘z yoshlarini yashirolmadi. Qiyin ahvolga tushib qolganligi sababli saxovatpesha xalqimizdan yordam so‘rashga majbur bo‘lganligini aytib o‘tdi. 

Telefon: +99891 536 09 83 

Otasi Furqat Ahmedov nomiga ochilgan karta:

AGROBANK Click/PayME: 8600 0417 1688 3666

MFO: 00454

INN: 201 005 083

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 8000 0045 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 6000 0045 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2311 8000 6000 0045 4001

So‘nggi bemorimiz Murodjon Xudoyqulov Samarqand viloyati Samarqand shahridan kelgan. Murodjon hozirda 6 yoshda bo‘lib, 2 kurs davo muolajalarini davom ettirayapti. Otasi oddiy ishchi. Onasining ham sog‘ligi yaxshi emas. Hozirda buvisi qarab turibdi. Otasi ham farzandini, ham turmush o‘rtog‘ini davolatishga qiynalib qolgan. Otasi Abdumansur Raxmonovning ta'kidlashicha, oilasi yaxshilar yordamiga  muhtoj bo‘lib qolgan, ular uchun doim duoda.

Telefon: +99891 545 87 80 

Otasi Abdumansur Raxmonov nomiga ochilgan karta:

AGROBANK Click/PayME: 8600 0417 9033 8959

MFO: 00454

INN: 201 005 083

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 8000 0045 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 6000 0045 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2311 8000 6000 0045 4001

Saxovatli va yaxshilikka tashna vatandoshlar! Ishonamizki, sizga havola qilayotgan ushbu xayriya aksiyamizga befarq bo‘lmaysiz. Sizlar sababchi bo‘lib qanchadan-qancha bemorlarimiz shifo topmoqda. Qilgan yaxshiliklaringiz ulkan ajr-savoblar bilan mukofatlansin.

Rahmatillo Isroilov tayyorladi.


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzuga oid