Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh qarorgohida “Ayollar urushda” nomli ko‘rgazma ochildi
BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida “Ayollar urushda” nomli ko‘rgazma ochildi. Ushbu ko‘rgazma ayollarning insoniyat tarixining eng fojiali davrlaridagi rollarini eslatishga chorlangan.
Ko‘rgazmada jangovar harakatlarda faol ishtirok etgan va front ortida og‘ir ishlarni bajargan sovet ayollari suratlari taqdim qilingan. Ekspozitsiyalar qahramonlari orasida Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi deyarli barcha sobiq ittifoq respublikalarining vakilalari, jumladan tarixdagi eng muvaffaqiyatli mergan ayol, dushmanning 309 askari va zobitini yo‘q qilgan Lyudmila Pavlichenko, 46-aviatsiya polki uchuvchisi, tungi vaqt janglarga kirishib, dushman pozitsiyalariga yaqinlashishdan oldin natsistlar bilmasligi uchun samolyoti motorlarini o‘chirib qo‘ygan afsonaviy “tungi alvastilar”dan biri Darriya Kashfiyeva bor.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh ko‘rgazmani ochayotib, urush tarixi bu ayollar tarixi ham ekanini ta'kidlab o‘tgan.
“Bu ko‘rgazma ularning jasurligi va tengi yo‘qligining isbotidir”, deb aytgan BMT bosh kotibi.
Ko‘rgazma O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Ozarboyjon, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston missiyalari tomonidan tashkillashtirilgan va G‘alaba kuniga bag‘ishlangan.
BMT bosh kotibi o‘z nutqida bugungi kunda juda ko‘plab ayollar BMTning tinchlikparvar missiyalarida, jumladan rahbarlik lavozimlarida ishlayotganlarini eslatib o‘tgan.
“Biz tinchlikka va umumiy maqsadlarimizga ayollarning to‘laqonli va teng huquqli ishtirokisiz erisha olmaymiz”, deb aytgan Guterresh.
Mavzuga oid
10:35 / 20.02.2026
BMT G‘azo sektorida etnik tozalash alomatlari borligini bildirdi
23:05 / 19.02.2026
Tramp «Tinchlik kengashi» yordamida BMT rolini kuchaytirish rejalarini e’lon qildi
17:31 / 17.02.2026
BMT: Rossiya zarbalari Ukrainadan qochqinlarning yangi to‘lqiniga sabab bo‘lishi mumkin
08:51 / 17.02.2026