Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuraturaga so‘roqqa kelmagan Poroshenkoni kuch bilan olib kelishga va'da qilindi
Ukrainaning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenko bosh prokuraturaga so‘roq uchun kuch bilan olib kelinishi mumkin. Bu haqda “RBK-Ukraina” nashri xabar berdi.
Bosh prokuraturaning maxsus tergovlar boshqarmasi rahbari Sergey Gorbatyukning aytishicha, Poroshenkoning prezident vakolatlari yakunlangach buning ilojisi bo‘ladi. “Vakolatlar yakunlanganda, biz sudga uning majburan olib kelinishi bo‘yicha murojaat qilamiz”, deb aytgan Gorbatyuk.
Uning ta'kidlashicha, Poroshenko yana kelmasa, unga jarima solinishi mumkin.
Poroshenko 7 may kuni 2014 yilda Maydandagi noroziliklar vaqtida odamlarning halok bo‘lishi ishi bo‘yicha bosh prokuraturaga so‘roq qilingani chaqirtirilgan.
Ukraina prezidenti ushbu ish bo‘yicha 2016 yilda so‘roq qilingan. U o‘sha voqealar haqida avval gapirmagan yangi dalillarni taqdim qilgani bilan bog‘liq holda qayta so‘roqqa chaqirtirilgan. Jumladan, avvalroq Poroshenko yevromaydan vaqtida shaxsan o‘zi jasadlarni olib chiqqani va yaradorlarga yordam berganini aytgandi. Tergovchilar shu munosabat bilan unga qo‘shimcha savollar berib, avvalgi so‘roq bayonnomasini imzolashga bermoqchi bo‘lishgan.
Poroshenko so‘roqqa kelmaganini oliy sudning yangi a'zolarini tasdiqlash marosimida ishtirok etgani bilan tushuntirgan.
Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko so‘roqni o‘tkazib yuborgan Poroshenkoning yonini olib, u Maydan ishi bo‘yicha istalgan bo‘sh vaqtida ko‘rsatmalar berishga tayyorligini aytgan.
Ukrainada 2013 yil oxiri-2014 yil boshidagi ommaviy noroziliklar vaqtida Kiyevdagi Nezalejnost maydonida namoyishchilarning kuch tuzilmalari bilan to‘qnashuvlari vaqtida 100 dan ko‘proq odam o‘lgan. Qurbonlarning ko‘pchiligi noma'lum merganlar tomonidan o‘ldirilgan. Yevromaydan tarafdorlari va Ukrainaning amaldagi hokimiyati merganlarni sobiq prezident Viktor Yanukovich bilan bog‘laydilar, biroq 5 yillik tergovga qaramay, Yanukovichning bundagi aybi isbotlanmagan.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Zalujniy Zelenskiyga saylovda qatnashmoqchiligini aytdi
16:47 / 02.07.2026
Rossiya Kiyevga vayronkor zarbalar yo‘lladi – suratlar
11:21 / 02.07.2026
CSIS: Rossiya har oy 30 mingdan ortiq harbiydan ayrilmoqda
20:18 / 01.07.2026