Özbekistonda yöl harakati qoidalariga kiritilgan yangi özgartirişlar böyiça jarimaga tortiş boşlangani xabar berilgandi.
Yöl harakati qoidalariga özgartiriş kiritiş töğrisidagi hukumat qarori bir oy muqaddam qabul qilindi. Ötgan bir oy davomida tegişli normativ-huquqiy hujjatlarga özgartiş kiritildi.
Endilikda, özgartirişlarga muvofiq kunning yoruğ vaqtida barça avtomototransport vositalari yaqinni yorituvçi çiroqlarni yoki kunduzgi çiroqlarni yoqib harakatlanişi şart.
Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 128-moddasiga (Haydovçilarning transport vositalarini piyodalar yölkalaridan yurgizişi, yöl belgilari va yöl harakatining boşqa qoidalari talablariga rioya etmasligi) köra, haydovçilarning transport vositalarini piyodalar yölkalaridan yurgizişi, yöl belgilari yoki yölning qatnov qismidagi çiziqlar bilan belgilab qöyilgan talablarga rioya etmasligi, odam taşiş, transport vositalarini quvib ötiş, yönalişli transport vositalari töxtaydigan bekatlardan yoki piyodalar ötiş joylaridan yuriş, taşqi yoritiş asboblaridan foydalaniş qoidalarini buzişi, xuddi şuningdek yölovçilarga loyqa saçratişi eng kam iş haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solişga sabab böladi (101 365 söm).
Xuddi şunday huquqbuzarlikni ma'muriy jazo qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etiş - eng kam iş haqining bir baravari miqdorida (202 730 söm), şunday huquqbuzarlikni ikki marta ma'muriy jazo qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etiş - eng kam iş haqining uç baravari miqdorida (608 190 söm), xuddi şunday huquqbuzarlikni uç marta va undan ortiq ma'muriy jazo qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etiş - eng kam iş haqining tört baravari (810 920 söm) miqdorida jarima solişga yoki transport vositasini boşqariş huquqidan olti oy muddatga mahrum etişga sabab böladi.

















