Kosondagi xalqaro biznes forumda muhim kelishuvlarga erishildi – foto
Koson tumanida tadbirkorlarning innovatsion g‘oyalari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish maqsadida bir qator xorijiy davlatlar yetakchi kompaniyalari ishtirokida xalqaro biznes forumi tashkil etildi.
Biznes forumda Rossiya, Koreya, Eron, Bolgariya, Turkiya, Angliya, davlatlarining 20 ga yaqin kompaniyalari vakillari va viloyat hokimining Koreya Respublikasidan taklif qilingan investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etdi.
Biznes forumda qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida asbob uskunalar yetkazib berish, eksport, import va boshqa sohalarda hamkorlik qilish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
Tadbirda tuman saloxiyatidan kelib chiqib va mavjud tabiiy resurslaridan foydalangan holda bir qator kelishuvlarga erishildi.
Jumladan, Angliyaning “REALIA” kompaniyasi bilan Koson tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, neft va gaz sanoati yo‘nalishi bo‘yicha “Motor moylari”, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni tashkil etish, Turkiya davlatining “Greentex” kompaniyasi va Eron davlatining “Goirooyan Co” kompaniyasi bilan “Mashrab” ishlab chiqarish korxonasida Yevropa texnologiyasi asosida konserva mahsulotlari ishlab chiqarish, tomat pastasi va sabzavot ikrasi mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasini olib kelib o‘rnatish, Rossiyaning “Xalqaro Islom investitsiya konsorsiumi” bilan “Botir” kichik ishlab chiqarish korxonasi chorvachilikni tashkil etishdan boshlab, yetishtirilgan teri va mo‘yna mahsulotlaridan bosh kiyim va tayyor kiyimlar ishlab chiqarish jarayonini klaster usulida tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Xalqaro biznes forumda ishtirok etgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, eksport, issiqxonalar qurish, parrandachilik va boshqa yo‘nalishlardagi xorijiy kompaniyalar bilan tumandagi tadbirkorlar, jumladan, “Botir” KXIChK, “Koson Kapital invest” MChJ, “Xushnudbek Poyonbek” MChJ, “Safiyabonu Jasurbek” MChJ, “Koson rivoj tekstil” OK va “Koson tuman agro Pilla” MChJlar o‘rtasida memorandumlar imzolandi.
Bardoshbek SAMAD o‘g‘li,
Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
12:32 / 06.06.2024
Anqarada O‘zbekiston-Turkiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
17:57 / 12.01.2024
Murotjon Azimov Kosondagi “shov-shuvli” qarorni bekor qilish bo‘yicha topshiriq berdi
10:11 / 29.08.2020
Qashqadaryoda «Damas» va «Kamaz» to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
22:17 / 10.07.2020