Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQSh Xitoy bilan savdo kelishuvi imzolashga shoshilmasligini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy bilan savdo kelishuvi imzolashga shoshilmasligini istamoqda.
"Biz Xitoy bilan ertaga kelishuv tuzishimiz mumkin, ammo bunga yaqin qolganimizda ular shartlarni qayta ko‘rib chiqishni xohlashdi. Yo‘q! Hozir biz avvalgiga nisbatan yaxshiroq vaziyatdamiz. Xitoy bilan vaqti kelganida kelishuv tuzamiz. Bu AQSh uchun buyuk kelishuv bo‘lishi lozim, aks holda undan hech qanday ma'no bo‘lmaydi", - deb yozdi Tramp Twitter’da.
O‘tgan haftada Vashingtonda Amerika-Xitoy savdo kelishuvlarining navbatdagi raundi natijasiz yakunlandi. 10 maydan boshlab AQSh Xitoyning qiymati 200 milliard dollarlik mahsulotlariga nisbatan boj to‘lovi miqdorini 10%dan 25%ga oshirdi. Shu bilan birga AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyning yana 300 mlrd dollarlik mahsulotlariga boj kiritish haqida topshiriq berdi.
Xitoy javob chorasi sifatida 1 iyundan boshlab AQShdan kirib keladigan 60 milliard dollarlik mahsulotlarga boj to‘lovi joriy etishini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026