14:40 / 14.05.2019
10231

Uning barmoqlarida sezgi yo‘qolgan: g‘uzorlik nogiron ona farzandlari uchun yashashni istaydi

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani markazidagi Firdavsiy ko‘chasi 36-uy manzilida istiqomat qilib, to‘rt nafar farzandini tarbiyalab kelayotgan, II guruh nogironi Dildora Toshanova yaxshi insonlarning ko‘magiga muhtoj bo‘lib turibdi.

Video: YouTube

Video: Mover (tas-ix)

Dildora Toshanova boshidan o‘tgan ko‘rguliklarni shunday hikoya qilib berdi. 2007 yilda oddiy oyoq og‘rig‘idan boshlangan dard sekin-asta mehnat qilish qobiliyatining susayishiga olib kelgan.

U bir paytlar jurnalistika sohasida faoliyat ko‘rsatgan. Ayni paytda ta'mirtalab bir uyda to‘rt farzandini tarbiyalab kelmoqda.

Vrachlarning tashxisiga ko‘ra, Dildora Toshanova polineyropatiya dardiga yo‘liqqan. Bu dardga yo‘liqqan insonda lanj falajlik kuzatiladi, qo‘l va oyoq uchlarida sezgirlik yo‘qoladi.

To‘rt farzandning onasi Dildora ayni paytda hech qayerda ishlamaydi. Chunki faol mehnatga layoqatsiz. Nogironlik nafaqasi oladi.

U bizga ilojsizlikdan murojaat qilganini aytib berdi. Dardmandligi bois turmush o‘rtog‘ining ham e'tiboridan qolgan.

Davolanish uchun qarzga dori-darmon olaverib, u dorixonalardan ham qarzdor bo‘lib qolgan. Qo‘li kaltaligi bois vrachlar belgilab bergan davolanish kurslarini ham o‘z vaqtida o‘tay olmayapti. Bedavo dardga yo‘liqqan ona biroz yashashni va yosh farzandlarini oyoqqa turg‘azib olishnigina istaydi.

Dildora Toshanova bor umidi saxovatpesha insonlardan ekanini aytib, ularga biz orqali murojaat qildi.

Biz ushbu xonadonda bo‘lib qaytganimizdan so‘ng, Dildora Toshanovaning ikkinchi o‘g‘li qo‘lini sindirib olgani ma'lum bo‘ldi. Uning qo‘l suyaklari maydalanib ketgan va bolakay ham operatsiya qilingan.

Biz Dildoraxonning oilasiga yordam ko‘rsatish uchun xayriya aksiyasini e'lon qilamiz. Ezgu niyatdagi yurtdoshlarimizni ushbu jabrdiyda oilaga yordam qo‘lini cho‘zishni so‘rab qolamiz.

Click/PayMe orqali pul ko‘chirishni istaganlar uchun:

8600 0423 3455 2238 (Dildora Toshanova)

«Agrobank» G‘uzor filiali. MFO: 00157. INN: 200676879

Naqd pul topshirganda: 23116 000 2 00000157 001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda: 23118 000 2 00000157 002

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120 000 7 00000157 001

Telefon: (91) 454 76 65

Shuhrat ShOKIRJONOV tayyorladi.


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top