Shavkat Mirziyoyev va Rajab Erdo‘g‘an o‘rtasida telefon muloqoti o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat chog‘ida har ikki davlat rahbarlari kirib kelgan muborak va qutlug‘ Ramazoni sharif munosabati bilan bir-birlariga o‘zlarining qizg‘in tabriklarini chin dildan izhor etib, eng ezgu va samimiy tilaklarini bildirdilar.
Prezidentlar an'anaviy do‘stlik, qardoshlik hamda strategik sheriklikka asoslangan hamkorlik aloqalari barcha sohalarda, jumladan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda tobora jadallashib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Tomonlar Oliy darajadagi o‘zbek-turk strategik hamkorlik kengashining ilk yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligini alohida ta'kidlab o‘tdilar. Shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar jadvali ko‘rib chiqildi.
Do‘stona ruhda kechgan muloqot chog‘ida davlatlar rahbarlari har ikki xalqqa farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va bardavom yuksalish tiladilar.
Mavzuga oid
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi
19:48 / 29.04.2024