Jahon | 19:22 / 20.05.2019
9392
2 daqiqa o‘qiladi

Total va Eni kompaniyalari Rossiyadan olingan neft uchun pul to‘lashdan bosh tortdi

Foto: George Osodi / Bloomberg

Fransiyaning Total va Italiyaning Eni neft kompaniyalari «Drujba» quvuri orqali keladigan Rossiya nefti uchun to‘lovlarni to‘xtatib qo‘ydi, deb xabar berdi Reuters o‘z manbalariga tayanib.

Agentlik suhbatdoshlari to‘lovdan bosh tortishga neftning xlororganika bilan ifloslanganligini sabab qilib ko‘rsatgan.

«Bunday neft uchun kim pul to‘laydi? Bu umuman neft emas. Rossiyadan birorta ham inson kim kimga va qachon tovon to‘lashi kerakligini tushuntirib berolmayapti», — degan agentlik suhbatdoshlaridan biri.

Agentlikning qayd etishicha, nazariy jihatdan G‘arb kompaniyalari sifatsiz neft uchun pul to‘lamaslikka haqli. Ammo Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, ular avval pul to‘lashi, so‘ngra kompensatsiya undirishlari lozim.

Shu yilning aprel oyi o‘rtalarida «Drujba» quvuri yetkazib beriladigan Rossiya nefti xlororganika bilan ifloslangani ma'lum bo‘lgan, shundan so‘ng Yevropa kompaniyalari Rossiya xomashyosini sotib olishni to‘xtatgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid