Kun.uz tahririyatiga Jizzax viloyati, Zomin tumani, Daştobod şaharçasida istiqomat qiluvçi bir guruh yurtdoşlarimiz 50-umumta'lim maktabida farzandlarining ta'lim olişlari uçun şaroitlar oğirligi haqida murojaat yöllaşdi.
Unda maktab 1973 yilda qurilib foydalanişga topşirilganidan buyon ta'mirlanmagani, sinfxonalar, maktab atrofi ayançli ahvoldaligi, bu yerda tahsil olayotgan öquvçilar eski, yaroqsiz ahvolga kelib qolgan öquv jihozlaridan foydalanayotgani bayon qilingan.
Maktabdagi vaziyat bilan yaqindan tanişdik. Ta'lim muassasasiga kirib borar ekansiz, kiriş yölaklari öta abgor holdaligi va obodonlaştiriş işlari ölda-jöldaligi, maktab hovlisida begona ötlar ösib yotgani kişida noxuş taassurot qoldiradi.
Biz hali şaroitlar haqida töxtalmadik. Faqatgina bajarilişi mablağ va köp vaqt talab qilmaydigan oddiy yumuşlar.



Nimqoronğu yölaklar...
1973 yilda 950 öringa möljallab qurilgan ta'lim maskanida bugungi kunda 1500 nafardan ziyod öquvçi tahsil oladi. Ularga 95 nafar öqituvçi ta'lim beradi. Nimqoronğu yölaklar, siniq va «oçilsa qaytib yopilmaydigan eşiklar», mutlaqo yaroqsiz jihozlar, körinişidan «dunyo xaritasi»ga öxşab ketadigan partalar, bir qavatli oynalar, har yili böyalaverib, arçilib, tökilib, şişib ketgan deraza romlari «elliginçi yillar»da taşkil topib şu köyi muzeyga aylantirilgan maktab binosini eslatadi.




Sinfxonalaridan biriga kirib devor böylab bir tekisda qöyilgan partalar ortida qaldirğoçdek tizilib dars ötayotgan öquvçilarni körib, avvaliga öqituvçi darsni interfaol usullarda olib boryapti, degan öy ham ötdi köngildan. Afsuski, öquvçilarning bu holatda dars ötişiga öquv inventarlari yetişmasligi sabab ekan. Kursilarni bir-biriga birlaştiriş evaziga dars tinglayotgan bolalarga yengillik şuki, ular 45 daqiqa tik holatda turişmaydi. Tiqilinç bölsa ham ötiribdi-ku, şunisi hisob... Bir partaga tört kişi ham siğarkan-ku… köngil keng bölsa beş kişi ham siğar...



E'tiboringizga taqdim etilayotgan suratlarda şu maktabning yuqori sinflaridan biridagi dars jarayoni aks ettirilgan. Tasvirdagi parta va öquv jihozlarining ahvoliga qarab, maktab taşkil etilganidan buyon bu maskanga yangi jihozlar sotib olinmagan, degan fikr tuğiladi.




— Maktabimizda bugungi kunda 95 nafar pedagog faoliyat körsatadi. Ularning 16 nafari oliy toifali, 24 nafari 1-toifali öqituvçilardir. Şuni faxr bilan ayta olamanki, bugungi kunda ta'lim maskanimiz Zomin tumanidagi 72ta maktab orasida yaxşi körsatkiçlarga ega. Yaşirişning hojati yöq, maktabimiz çindan ham ança ta'mirtalab. 2009 yilda 150 million sömga joriy ta'mirlaş bölgan, ammo körib turganingizdek, bu yerda aytarli heç bir iş qilinmagan. Deraza romlari, eşiklar, öşa — 70-yillarda qanday qöyilgan bölsa şu holiça qolib ketgan.
Maktabi binosi yölaklardagi pol qismi çökib boryapti. Bugungi kunda maktab binosining boşlanğiç sinf öquvçilari ta'lim oladigan qismi töliq kapital ta'mirdan çiqarilyapti. Bu loyihaga 1,5 milliard söm mablağ ajratilgan.
Rostini aytsam, öquv yili boşida biz bilan suhbatlaşgan mas'ul rahbarlar maktabimiz töliq ta'mirdan çiqarilişini va buning uçun 4 milliard söm mablağ ajratilayotgani, ta'lim maskani tanib bölmas darajada özgarib, zamonaviy qiyofa kasb etişini aytişganida, juda quvongan edik. Afsuski, umidlarimiz puçga çiqdi.
Bu yil maktabning boşlanğiç sinflari öqiydigan qismi ta'mirlanadigan böldi. Bizga içki imkoniyatlardan kelib çiqib, joriy ta'mirlaş yölga qöyilişini bildirişdi. Özingiz ayting, homiylik asosida nima ham qila olardik? Aytişga oson: menimça, mahalliy hokimlik va xalq ta'limi bölimidagilar biroz qöllab yuborişsa, balki maktabimiz tanib bölmaydigan darajada özgarar, öşa şahar maktablaridagidek zör şaroitlarga ega bölar, — deydi maktab direktori Ulfat Xoliqov.


Qariyb ellik yil oldin barpo qilingan ta'lim dargohida içimlik suvi muammo. Isitiş tizimi va hojatxona haqida gapirmasa ham bölaveradi. Maktabning boşlanğiç sinflari dars ötadigan qismini ta'mirlaş işlari «Hirot Servis» xususiy korxonasiga topşirilgan va bu jarayon uçun davlat budjetidan 1,5 milliard söm ajratilgan. Ta'mirlaş işlari joriy yilning 24 avgustiga qadar tugatilişi şart.
— Uşbu quriliş işlarini avgust oyiga tugatamiz, deb turibmiz. Iş boşlanganiga 20 kunlar bölib qoldi. Loyihaga hojatxona kiritilmagan. Maktabga imkoni boriça yordam berib sifatli ta'mirlaşni yölga qöyamiz. Yölak qismlarini ta'mirlaşni özimizning hisobimizdan qilamiz. Ammo «eskini yamab, esing ketadi», deyişadi-ku. Bizga qolgan korpuslarni ham böyab, sal epaqaga keltiriş yuklatilgan. Lekin vaziyatdan kelib çiqib harakat qilamiz, — deydi korxona iş boşqaruvçisi Dilşod Abdurahmonov.



Mas'ullar sukutda...
Bilim maskani devorlari yorilib, nurab ketgan. Ayniqsa, uçini korpus devorlari ta'mirtalab yillar davomida ohaklanaverib, teginsangiz köçib tuşadigan ahvolga kelgani açinarli. Bu yerda yuviniş xonalari, ventilyatsiya tarmoği haqida faqat orzu qiliş mumkin. Mutasaddilar esa uşbu noxuş holatni sukut saqlaş bilan izohlaşdi.
— Körganingizdek, mana yaqinda maktabimizda quriliş-ta'mirlaş işlari boşlandi. Albatta, kamçiliklar köp. Lekin maktabning boşlanğiç sinf öquvçilari ta'lim oladigan binolari ta'mirdan çiqişi bilan qolgan korpuslar ham ta'mirga tuşadi, — deydi Zomin tumani xalq ta'limi bölimi mudir muovini Qahramon Yöldoşev


Şinam va körkam, barça şart-şaroitlar yaratilgan maktabda öqişga nima yetsin? Bir partada törtovlon ötirib dars tinglayotgan daştobodlik bolalar ham keng va yoruğ sinfxonalarda ta'lim olişni orzu qilişadi.
Agar «dunyo imoratlari içida eng uluği — maktab» bölsa uni ta'mirga muhtojligini bilaturib «sukut» saqlayotgan va zimmasiga yuklangan vazifalarga mas'uliyatsizlik bilan yondaşayotgan, «qilamiz», «albatta bajaramiz», «böladi», deya aravani quruq olib qoçayotgan mas'ullarni kim deb ataş mumkin?! Bu masalaga viloyatdagi va tumandagi mutasaddi rahbarlar e'tibor qilib, yeçim topişiga umid qilamiz.
Gulçehra Şaripova,
Kun.uz muxbiri.











