«Milliy bank»ka tegişli Zomindagi dor yöli 215 mlrd sömga sotildi. Obektni sotiş uçun taşkil etilgan auksionda faqatgina bitta kompaniya iştirok etdi va yagona narx taklifi ğolib deb topildi.
Xaridor – «Ref Ropeway Invest» MÇJ. Kompaniya 2025 yilning 30 dekabr kuni Toşkent şahrida röyxatga olingan. Ustav fondi – 60 mlrd söm. Ta’sisçisi – Boboyeva Feruza Fayziyevna. U «China-Auto Motors» MÇJning ham 100 foizlik uluşdori hisoblanadi.
Zomindagi dor yöli haqida
Dor yöli uçun uskunalar Şveytsariyaning Bartholet Maschinenbau AG kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan, kabinalar esa Germaniyaning Porsche Design Studio kompaniyasi tomonidan loyihalaştirilgan.
Yölovçilarni taşiş 8 örinli 36 ta kabinalar orqali amalga oşiriladi. Ötkaziş imkoniyati soatiga 1200 ta yölovçini taşkil etadi (bir tomonga).
Dor yöli 12 ta tayançda joylaşgan. Pastki stansiya dengiz sathidan 1961 metr balandlikda, yuqori stansiya dengiz sathidan 2490 metr balandlikda. Balandliklar farqi 529 metrni taşkil etadi. Yer uçastkasining umumiy maydoni 1,59 gektar.












