Uçraşuvda nomzodlik hujjatlarini xalqaro talablar va YuNeSKO mezonlariga töliq muvofiq şakllantiriş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, taqdim etilayotgan materiallarda hududning tabiiy xususiyatlari, biologik xilma-xilligi va ekologik ahamiyatini töliq aks ettiriş muhimligi ta’kidlandi.
YuNeSKO Butunjahon merosi markazi vakillari Özbekiston tomonidan tayyorlangan dastlabki materiallarga yuqori baho berib, Zomin toğlarining öziga xos tabiiy landşaftlari va boy bioxilmaxilligini alohida qayd etdi.
Şu bilan birga, YuNeSKO ekspertlari nomzodlikni tayyorlaşning barça bosqiçlarida uslubiy va ekspertlik kömagini körsatişga tayyor ekanini bildirib, Konvensiya talablariga muvofiqlaştiriş böyiça amaliy tavsiyalar berdi.
Muloqot yakunida tomonlar Zomin toğlarini YuNeSKO Butunjahon merosi röyxatiga kiritiş böyiça hamkorlikni yanada çuqurlaştirişga kelişib oldi hamda keyingi amaliy vazifalarni belgilab oldi.

















