Oliy Majlis Qonunçilik palatasi faoliyatida mutlaqo yangi institut amaliyotga tatbiq etildi. Ya'ni, 2019 yil 18 may kuni parlament quyi palatasida ilk bor Vazirlar Mahkamasining 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili»da amalga oşirişga oid Davlat dasturining 2019 yil birinçi çoragida bajarilişining borişi töğrisidagi hisoboti eşitildi.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabariga köra, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Jamşid Pirmatov bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri — ön birinçi sinf bitiruvçilarining keyingi taqdiri haqidagi savoli köpçilikning e'tiborini tortdi.

— Mamlakatimizda ta'lim tizimini modernizatsiya qiliş, uni qayta quriş, fan, texnika, texnologiya, iqtisodiyotning zamonaviy yutuqlari asosida ta'lim-tarbiya jarayonini takomillaştiriş, kadrlar tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş masalalariga davlat siyosatining ustuvor yönalişi sifatida qaralmoqda, — dedi deputat J.Pirmatov. — Bu soha Prezidentimiz tomonidan ham alohida nazoratga olingan barçamizga ma'lum. Davlat dasturi ijrosi tahlil şuni körsatmoqdaki, hisobot davrida ijtimoiy sohalarga Davlat budjeti xarajatlarining 54 foizi ajratilgan va uşbu yönalişda amalga oşirilgan xarajatlar ötgan yilga nisbatan 1,7 barobarga oşgan.

Bugungi kunda umumta'lim maktablarining işlab çiqariş majmualarida örgatiladigan kasb-hunarlar soni 51 tani taşkil qilib, kelgusida ularni 90 taga yetkaziş belgilangan.

Davlat dasturining 211-bandida maqsadli kadrlar tayyorlaş tizimini kengaytiriş böyiça bir qator vazirliklar mas'ulligida joriy yilning mart oyigaça normativ-huquqiy hujjat işlab çiqiş belgilangan edi. Ya'ni, 11-sinfni bitirgan öquvçilarning kasb-hunarli bölişi uçun hammaga bir xil uç yillik kasbiy ta'lim taşkil etiş emas, balki kasb va hunarning turidan kelib çiqib, kollejlarda öqiş muddatini turliça etib belgilaş masalasi yuzasidan normativ-huquqiy hujjat işlab çiqiş vazifasi qöyilgandi. Ammo bu hujjatdan hozirgaça darak yöq.

Uşbu masalada prezident joriy yil fevral oyida Sirdaryo viloyatiga taşrifi davomida ham töxtalib, iqtisodiyotning örta böğin kadrlarga bölgan ehtiyoji asosida kadrlar tayyorlaşning yangi tizimini yaratiş böyiça 1 aprelga qadar muhim topşiriqlar bergan edi.

Sanoqli kunlardan söng respublikada öquvçilar ilk bor ön birinçi sinfni bitirişadi. Kollejlarda hali ham 6 oylik yoki 1 yillik yoxud 2 yillik ta'lim dasturlari joriy etilgani yöq. Bundan taşqari, qaysi kasb-hunar ta'lim muassasalari yopilişi yoki qisqartirilişi masalasi ham hal etilmagan.