Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida Oliy Majlis Qonunçilik palatasining majlisi bölib ötyapti.

Prezident jahon miqyosida hukm surayotgan bugungi öta keskin va oğir şaroitda yurtda tinçlik va hamjihatlikni saqlab, iqtisodiyotimizda barqaror ösişni ta’minlab, mana şunday marralarga erişiş oson bölmaganini ta’kidladi.

Kelgusi 5 yilda aholi soni 40 milliondan ortişi kutilmoqda. Bunday demografik ösiş, albatta, katta imkoniyat, lekin, şu bilan birga bu holat oldimizga yangi-yangi, ötkir vazifalarni qöyişi ham şubhasiz.

Ayniqsa, kambağallikni qisqartiriş, ekologiya, energetika, transport, yöl, içimlik suvi ta’minoti, aholini uy-joy bilan ta’minlaş kabi muhim sohalarda xalqning talab va ehtiyojlari tobora ösib borayotgani ta’kidlandi.

Şunday dolzarb muammolarga samarali yeçimlar topib, yangiça faoliyat olib boriş hukumat uçun jiddiy sinov bölişi tabiiy.

Bugun boş vazir lavozimiga tavsiya etiladigan nomzod ana şu masalalarning barçasini hisobga olib, ularning ijrosini ta’minlaş yuzasidan öz dasturini taqdim etişi kerakligi qayd etildi.