20 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasida nutq sözlagan prezident Şavkat Mirziyoyev ijro hokimiyati organlari qarorlar qabul qilişda qonuniylikni, ularning asoslangan bölişini ta’minlaşi lozimligini aytdi.
Prezident, keyingi paytlarda qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatçilik bilan maslahat qilişda qonunlarda belgilangan talablarga hamişa ham rioya etilmayotganiga e’tiroz bildirdi.
Adliya vazirligiga bu masalada bir oy muddatda öz takliflarni Qonunçilik palatasining tegişli qömitasi bilan birga muhokama qiliş va hukumatga kiritiş topşiriği berildi.
Şavkat Mirziyoyev, şuningdek, hukumatning qonunçilik taşabbusi bilan Qonunçilik palatasiga kiritayotgan qonun loyihalari sifatini oşiriş ham dolzarb masala bölib turganini qayd etdi.
NHH loyihalarini jamoatçilik muhokamasiga majburiy joylaştiriş tartibi bekor qilingan
Adliya vazirligi faoliyatiga doir prezident qarori bilan 2018 yil 1 maydan boşlab “barça normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari loyihani işlab çiquvçi taşkilotlar tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) jamoatçilik muhokamasi ötkazilişi uçun joylaştirilişi lozim” edi.
Taqdim etilayotgan loyihalarga jamoatçilikda e’tirozlar va savollar köpayib borişi fonida, bu norma 2022 yil mart oyida bekor qilindi.
Endi, barça normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari emas, balki faqat “muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, qoida tariqasida” bölib qoldi. Hujjatning muhim yoki muhim emasligi aniq mezonlari yöqligi tufayli, şu bilan birga jamoatçilik muhokamasiga çiqariş majburiy emas “qoida tariqasida” bölgani uçun bu tartib deyarli işlamay qoldi. Natijada, sönggi yillarda köplab muhim hujjatlardan jamoatçilik muhokamasiga çiqarilmay, qabul qilinib ketdi.








