Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy sohada ro‘y bergan muhim o‘zgarishlarni sanadi
Barcha hududlarda “Inson markazlari” ochilib, ijtimoiy xodimlar tomonidan bevosita mahallalarda aholiga 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi bo‘lib o‘tyapti.
Prezident ijtimoiy sohada muhim o‘zgarishlar ro‘y berganini ta’kidladi.
O‘tgan davrda 25 mingdan ziyod xususiy bog‘cha, 70 ga yaqin nodavlat oliygohi tashkil etilib, qamrov maktabgacha ta’limda – 74 foizdan, oliy ta’limda esa – 39 foizdan oshdi.
Ijtimoiy xizmatlar tizimida ham katta islohotlar bo‘lmoqda. Barcha hududlarda “Inson markazlari” ochilib, ijtimoiy xodimlar tomonidan bevosita mahallalarda aholiga 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.
Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida azm-u shijoatli sportchilar chinakam rekord natijalarni qayd etib, jami 39 ta medal, jumladan 18 ta oltin medalni qo‘lga kiritdilar.
“O‘zbekiston tarixida ilgari hech qachon bo‘lmagan bunday yutuqlar barchamizga yangi kuch-g‘ayrat baxsh etishi tabiiydir”, - dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid

14:56 / 31.01.2025
Deputatlar diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqdi

17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi

00:30 / 25.12.2024