21:52 / 21.05.2019
19202

Xitoy jangovar kemalari soni bo‘yicha eng yirik davlatga aylandi

Xitoy harbiy-dengiz kuchlari o‘z jangovar kemalari sonini 300 taga yetkazib qo‘ydi. Endi Xitoyda AQShdan 13 ta ko‘proq kema bor bo‘lib, u jangovar kemalari soni bo‘yicha yetakchi davlatga aylandi. Bu haqda ChinaPower tahliliy loyihasi ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda Popular mechanics nashri ma'lum qildi. 

ChinaPower Xitoy flotini boshqa davlatlar flotlari bilan taqqoslagan. 

Ta'kidlanishicha, hozirda Xitoyda 23 ta esminets, 59 ta fregat, 37 ta korvet va 76 ta suv osti kemasi bor. AQShda esa umumiy hisobda 287 ta, Rossiyada 83 ta, Buyuk Britaniyada 75 ta va Avstraliyada 48 ta jangovar kema mavjud. 

Biroq Xitoyning aksariyat jangovar kemalari o‘z sohillaridan olisda operatsiyalar o‘tkazishga mo‘ljallanmagan.

Xitoy bor-yo‘g‘i bitta aviatashuvchi kemaga ega, yana bir shunday kema sinovdan o‘tkazilmoqda. AQShda esa naq 11 ta aviatashuvchi kema mavjud. Ta'kidlanishicha, AQSh floti o‘z kemalarining umumiy tonnaji bo‘yicha Xitoy flotini ancha ortda qoldiradi.

Top