Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeXHT bosh kotibi O‘zbekistonning o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lidagi sa'y-harakatlariga yuqori baho berdi
YeXHT bosh kotibi Tomas Greminger O‘zbekistonning YeXHT bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lidagi sa'y-harakatlariga yuqori baho berdi. U 20 may kuni O‘zbekistonning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisi, YeXHT va Vena shahridagi boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Sherzod Asadov bilan muloqoti davomida bu haqda ma'lum qildi.
“Tomas Greminger O‘zbekistonning YeXHT bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lidagi sa'y-harakatlariga yuqori baho berdi, tashkilot bundan keyin ham munosabatlarni mustahkamlashdan manfaatdor ekani ta'kidlandi”, deyiladi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabarida.
Muloqotda YeXHTning amaldagi raisi, Slovakiya tashqi va Yevropa ishlari vaziri Miroslav Laychakning 19-20 may kunlari O‘zbekistonga qilgan tashrifi yakunlari, shuningdek, tashkilot faoliyati hamda hamkorlikni kengaytirish istiqbollari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Bosh kotib O‘zbekistonda inson huquqlari, so‘z erkinligi va axborot olish huquqini mustahkamlash, davlat idoralari mas'uliyatini oshirish, ijtimoiy siyosat va demokratik institutlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish, iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan samarali harakatlarni mamnuniyat bilan qayd etdi. O‘zbekistonda bir qator xorijiy agentliklar va huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar saytlariga kirish to‘liq tiklangani e'tirof etildi.
Suhbat davomida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar samarali amalga oshirilayotgani, mazkur strategiyaning maqsadi YeXHT kun tartibida turgan masalalarga to‘la mos kelishi alohida ta'kidlandi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, hamkorlikda O‘zbekistonda keng miqyosda olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator qo‘shimcha tadbirlar ishlab chiqish, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
10:24 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva YXHT bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘lu bilan uchrashdi
19:26 / 21.05.2026
Shavkat Mirziyoyev YeXHT bilan ko‘p qirrali hamkorlik masalalarini muhokama qildi
10:23 / 16.01.2026
Grenlandiya masalasi: YeXHT “darhol javob berishga tayyor”
21:07 / 08.12.2025