Zargarlarga asillik darajasini mustaqil belgilash huquqi berildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining 2019 yil 1 iyuldan boshlab quyidagi tartibni joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi:
zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ishlab chiqaruvchining ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsiy tamg‘asini buyumga bosish sharti bilan davlat asillik darajasi belgisini majburiy ravishda qo‘ymasdan o‘zi ishlab chiqargan, zargarlik hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarning asillik darajasini mustaqil belgilash va ularga belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi izlarini qo‘yish huquqi berildi.
Bunda tamg‘alash va asillik darajasi belgisini qo‘yish tartibini buzgan hamda ko‘rsatilgan namunaga muvofiq kelmaydigan zargarlik buyumlarini sotuvchi mahalliy ishlab chiqaruvchilar zargarlik tarmog‘idagi nohalol tadbirkorlik sub'yektlari reyestriga kiritiladi, ularga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan, shu jumladan, litsenziya yoki ruxsat beruvchi boshqa hujjatning amal qilishini to‘xtatish bo‘yicha ta'sir choralari qo‘llaniladi;
zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotni mustaqil ravishda chakana tartibda sotish, shuningdek, aholidan qimmatbaho metall parchalari, qimmatbaho toshlar va ulardan yasalgan buyumlarni ishlab chiqarish maqsadlarida sotib olish huquqiga ega;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lmagan yoki davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar ishlab chiqarishda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni sarflash, hisobini yuritish va saqlash tartibini mustaqil ravishda belgilaydilar;
jismoniy shaxslarga qiymati 5 000 (besh ming) AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi;
zargarlik buyumlarining chakana savdosi ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘im obekti hisoblanmaydi;
tadbirkorlik sub'yektlari oltin izlovchilik faoliyati doirasida zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarni ta'minlash uchun qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni qazib olishi mumkin;
zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasida ixtiyoriy asosda yagona tashkilotga birlashish orqali ishtirok etgan taqdirda, ularga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar, shuningdek, uyushma a'zolarining imtiyoz va preferensiyalari tatbiq etiladi.
Mavzuga oid
10:10 / 31.10.2024
O‘zbekistonga zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga uringan shaxs to‘xtatildi
12:32 / 22.10.2024
Profta’lim muassasalari texnikumlarga birlashyapti – tizimda qanday o‘zgarishlar bor?
07:30 / 26.07.2024
Tayyor zargarlik buyumlariga import bojxona boji kamaytiriladi
15:14 / 25.07.2024