Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Orolbo‘yi Xalqaro innovatsiya markazi Mo‘ynoqda o‘simliklarni sinash bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirmoqda
23 may kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Orolbo‘yi Xalqaro innovatsiya markazi xodimlari Mo‘ynoq ilmiy-ishlab chiqarish uchastkasida o‘simliklarni kapsulalash texnologiyasini qo‘llagan holda yetishtirish bo‘yicha tajriba ishlarini boshladilar.

Amaliy tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi mazkur markaz Orol dengizi fojiasi oqibatida zarar ko‘rgan hududlarning o‘simlik dunyosini boyitish maqsadida mavjud iqlimga va sharoitlarga mos keladigan ekinlarni va tegishli texnologiyalarni aniqlash, sinash va tajribadan o‘tkazish bilan shug‘ullanmoqda.

Bugungi kunda markazga tegishli 20,3 gektar yer maydonining 18,7 foizi qayta ishlanib, ekishga tayyorlab qo‘yilgan.

Sho‘rlangan, suv taqchilligi va qurg‘oqchilik sharoitida markazga ajratilgan yerlarning 13,2 gektar maydoniga 12 turdagi cho‘l o‘simliklari, 23 xil manzarali daraxtlar, yog‘li ekinlar (kungaboqar, jo‘xori va kunjut), ozuqabop o‘simliklar (kvinoya, amaranta va rastoropsha), poliz ekinlari (qovun, lavlagi) ekildi.

– Kapsulalashga asoslangan yangi texnologiyamiz suv va mehnat resurslarini tejashga qaratilgan. Ekinlarga ijobiy ta'sir ko‘rsatish bilan bir qatorda tuproq sho‘rlanishini kamaytiradi, uning biofaolligini oshiradi, kimyoviy va fizik xususiyatlarini yaxshilaydi, - deydi Xalqaro innovatson markazning O‘simliklar biotexnologiyasi va fiziologiyasi laboratoriyasi mudiri Olim Asamatdinov.

Urug‘larni kapsulalash maqsadida o‘ziga nam tortuvchi gidrogellardan foydalaniladi, bu o‘z navbatida cho‘l hududlarida o‘simliklar unib chiqishi va yetilishining ham iqtisodiy, ham ekologik jihatdan samarali bo‘lishini ta'minlaydi. NPK elementlari va namni ushlab turuvchi gidrogellar bilan kapsulalash natijasida urug‘larning unib chiqish darajasi 100 foizni tashkil etib, nihollarning o‘sishi va o‘zini tutib ketish sur'atlari oshadi, kerakli ozuqalar bilan ta'minlanadi, zararkunandalar va barglarning to‘kilish jarayonlaridan himoyalaydi.
Mavzuga oid
13:05 / 15.10.2022
Orolbo‘yida 1,6 mln gektar maydonga samolyotda cho‘l-yaylov o‘simliklari urug‘lari sepildi
10:17 / 29.09.2022
OTB Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini boshqarish uchun qarz ajratadi
08:44 / 28.09.2022
Qozog‘istonda «Orolbo‘yi gavhari» ko‘rgazmasi ochildi
10:42 / 09.09.2022