Jahon | 23:18 / 26.05.2019
12339
1 daqiqa o‘qiladi

Jazoir prezidenti saylovlarida ishtirok etishga hech kim hujjat topshirmadi

Foto: pexels.com

Jazoir konstitutsiyaviy sudi iyulda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlari uchun birorta nomzodan hujjat olmadi. 

Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, hujjatlarning topshirilish muddati 25 may kuni yakunlandi. Ta'kidlanishicha, ushbu vaziyatda 4 iyulga belgilangan saylovlar bekor qilinadi. Konstitutsiyaviy kengash bu haqda keyinroq e'lon qiladi.  

17 may kuni Jazoirdagi prezident saylovlari ommaviy noroziliklar sababli yil oxiriga ko‘chirilishi mumkinligi ma'lum qilingandi. 

Ayni vaqtda Jazoirning vaqtinchalik rahbari Abdulqodir Binsaloh hisoblanadi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid