Ma'lum bir hududda eski, körinişidan bugungi arxitektura talablariga javob bermaydigan binolar buzilib örniga yangilari qurilişi zamon talabi va zarur holat.        

Axir dunyoning eng çiroyli şaharlari ham buzilib qurilmaganida bugungi köriniş paydo bölmas edi. Faqat öziga xos arxitektura yeçimiga ega san'at darajasida baholanadigan, muzey va boşqa turistlar uçun ma'lum qiymatga ega binolar bundan mustasno.

Qisqasi, bu jarayon amalga oşirilişi, lekin uyi, joyi buzilayotgan kişilarga aziyat yetmasligi kerak. Bu esa eng muhim masala.

Murojaat ortidan Farğona viloyatidagi Rişton tumanida böldik. Ayni payt tuman markazida qayta quriş işlari boşlanişi bois katta yöl böyidagi uy-joylar va turli yönalişda aholiga xizmat körsatuvçi binolar buzilmoqda.  

Video: Youtube

Video: Mover (tas-ix)

Yöl böyidagi uy va dökonlari buzilayotgan kişilar bilan suhbatlaşganimizda ular binolar uçun tuman hokimligi joy va konpensatsiya puli ajratilişi haqida bildirganini aytişdi. Lekin, ular va hokimlik vakillari ham qayerdan yer maydoni berilişi va kompensatsiya pulining miqdori haqida aniq ma'lumot bera olişmadi.

Bozordagi mavhumlik...

Rişton markazidagi «Dehqon Bozori»da faoliyat yurituvçi savdogarlarning esa umuman boşi qotgan. Sababi, ularda turğun dökonlarining yerga egalik huquqini beruvçi qarorlari va kadastr hujjatlari mavjud. Bozor berkitilib, uning atrofidagi uy-joylar, bozorga kiriş joylarida buziliş işlari boşlanib ketgan.