Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyat hokimi yil boshidan buyon 10-marta sayyor qabul o‘tkazdi va bu galgisi 4,5 soat davom etdi
Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Jomboy tumani markazida navbatdagi ommaviy sayyor qabulni o‘tkazdi. To‘rt yarim soat davom etgan bu galgi qabulda 223 nafar fuqaro turli masalalarda viloyat hokimiga murojaat qildi.

Fuqarolar tomonidan yo‘llarni ta'mirlash, MIB harakatsizligi, yer ajratish masalalariga oid murojaatlar nisbatan ko‘proq bildirildi. Qabul davomida Davlat xizmatlari agentligi tomonidan ko‘chma avtobusda tezkor xizmatlar hamda tuman bandlik bo‘limi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi. 50 ga yaqin murojaatlar joyida ijobiy hal qilindi. Vaqt talab etiladigan murojaatlarga 31 mayga qadar bo‘lgan muddat bilan mas'ullar biriktirildi.

Mazkur qabul viloyat hokimligi tomonidan joriy yil boshidan beri o‘tkazilayotgan qabullarning o‘ninchisi hisoblanadi. Jami o‘tgan sayyor qabullarda 2 358 nafar fuqarodan jami 2 705 ta murojaat tushgan bo‘lib, shundan 1 412 tasi ijobiy hal etilgan. Murojaatlarning 228 tasi rad etilgan, 710 tasiga tushuntirish berilgan bo‘lsa, yana 355 ta murojaat hozir ham o‘rganish va hal etish jarayonida.
Viloyat hokimi tomonidan yil boshidan beri o‘tkazilgan sayyor qabullarda 31 nafar rahbar javobgarlikka tortilgan.
Mavzuga oid
14:02
“Qo‘lingni sindiraman”: Samarqandda o‘quvchilarga tahdid qilgan ona ustidan tekshiruv boshlandi
13:39 / 07.04.2026
Samarqandda «kar haydovchi tahqirlangani» haqidagi video sahnalashtirilgani ma’lum bo‘ldi
11:30 / 05.04.2026
Samarqand tramvayi - faqat nostalgiya emas, odamlarga nafi tegayotgan tizim
15:24 / 02.04.2026