Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
12 000 dollarlik firibgarlik jinoyatini sodir etgan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
2019 yil 22 may kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahar IIBga hujjatlar tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Ularga ko‘ra, 2018 yil oktabr oyi oxirida Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumanida yashovchi 62 yoshli S.A. ismli ayol, shu tumanda yashovchilar 30 yoshli Sh.T. va K.O. Qarshi shahridagi “Bahor” choyxonasida, Maxsumobod mahallasida yashovchi 67 yoshli N.X.ga 2018 yil dekabr oyiga qadar Qozog‘iston Respublikasidan chorva mollarini olib kelib berishlikni aytib, aldov yo‘li bilan undan 12 000 AQSh dollarini olgan va shu kunga qadar bergan va'dalarini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, S.A., Sh.T. va K.O. ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:48 / 02.05.2026
Qashqadaryoda transmilliy jinoiy guruh a’zosi 46 kg gashish bilan ushlandi
22:14 / 11.04.2026
Qashqadaryo va Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari sotib kelgan shaxslar ushlandi
14:21 / 08.04.2026
Qashqadaryo va Jizzaxning tog‘li hududlarida qor yog‘di
00:00 / 05.04.2026