Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya davlat teleradiokompaniyalari hamkorlik kelishuvini imzoladi
Bugun, 27 may kuni Moskvada O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Rossiya davlat teleradiokompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bitimi imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ma'lumotiga ko‘ra, bitimni O‘zbekiston MTRK raisi vazifasini bajaruvchi Alisher Xadjayev va VGTRK bosh direktori Oleg Dobrodeyev imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, ikki tomonlama hamkorlik doirasida O‘zbekiston va Rossiyaning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotidagi dolzarb masalalar keng va xolisona yoritib boriladi. Shuningdek, teleradiokompaniyalarning ikki mamlakat hududida o‘tkaziladigan turli festivallar, kongresslar, forumlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Bitim imzolangan kunidan boshlab kuchga kiradi.
Mavzuga oid
08:40 / 18.04.2025
Tramp Ukraina bilan yerosti boyliklari bo‘yicha bitim imzolanishini e’lon qildi
12:27 / 17.01.2025
Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari bozorida bitimlarni amalga oshirish tartibi tasdiqlandi
13:22 / 16.01.2025
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida transport qatnovi to‘g‘risidagi bitimlar tasdiqlandi
14:47 / 11.06.2024