Moskva şahrida «Yandeks» kompaniyasining YaC (Yet Another Conference) anjumani bölib ötgani, “Kelajak detallarda” deb nomlangan bu anjumanda Kun.uz sayti vakillari ham iştirok etgani töğrisida xabar bergan edik.

Tadbir doirasida kompaniyaning boş ştab kvartirasidagi ekskursiya jarayonida «Yandeks» Özbekiston direktori Yevgeniy Lukyançikov bilan «Yandeks»ning yurtimiz bilan boğliq rejalari böyiça suhbatlaşdik.

Avvalo «Yandeks» haqidagi umumiy ma'lumotlar bilan tanişib olsak:

Arkadiy Voloj va Ilya Segaloviç asos solgan «Yandeks» transmilliy kompaniyasi qidiruv tizimi, internet portallari va xizmatlariga ega. Hozirgi kunda u 50dan ortiq xizmat turlarini taqdim etadi.

Niderlandiyada rasman röyxatdan ötgan bölgan bölişiga qaramay «Yandeks»ning asosiy faoliyati Rossiyada keçadi va yirik ofislari ham şu davlatda joylaşgan.

«Yandeks» qidiruv sörovnomalarini qayta işlaş hajmi böyiça dunyoda törtinçi örinni egallaydi va maşhurligi böyiça dunyo yigirmataligiga kirgan holda Rossiyada birinçi örinni egallaydi.

«Yandeks» köplab davlatlar qatorida Özbekistonda ham bevosita faoliyatini yölga qöygan, bugungi suhbatimiz aynan şu haqda.

– Yevgeniy, «Yandeks» Özbekistonda töğridan-töğri faoliyat boşlaganiga, ya'ni faqat qidiruv tizimi bölib qolmay, öz servislarini mahalliy şaroitga moslaştirib taqdim etayotganiga bir yildan oşdi. Demak dastlabki xulosalarga kelişning ayni vaqti.

– Bir söz bilan aytganda, Özbekiston aynan biz uçun keng imkoniyatlarga ega, salohiyatli davlat hisoblanadi. Albatta, bu davlatda yetakçi tizim boşqa va u qaysi kompaniya ekanligini hammamiz yaxşi bilamiz. Lekin hozir biz egallab turgan 22 foizlik körsatkiç muntazam ösiş natijasi va yana yuqorilaşda davom etmoqda. Biz bu yönalişdagi işlarni davom ettiramiz va xizmatlar turini köpaytiraveramiz.

– Özbekistonda katta imkoniyatlarga ega böliş mumkinligi töğrisida gapirdingiz. Bu nimalarda namoyon böladi?