Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan normalar kiritiladi
O‘zgartirishlar kiritishni ko‘zlab ishlab chiqilgan qonun loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun QHTBT portalida va Moliya vazirligi veb-saytida ikki marta joylashtirilgan, deb yozmoqda Norma.
Qonun loyihasining maqsadi – xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini, shuningdek to‘plangan milliy tajribani hisobga olgan holda auditorlik faoliyatini tartibga solishni tizimlashtirish va kompleksligini ta'minlash.
Ishlab chiqilgan hujjat eskirgan va havolaki normalarni qayta ko‘rib chiqishga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan yangi normalarni kiritishga yo‘naltirilgan bo‘lib, quyidagi vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan:
• auditorlik faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini soddalashtirish va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat beriladigan litsenziyaning qog‘oz shaklidan voz kechish;
• auditorlik faoliyatini faqat auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshirish;
• Moliya vazirligi auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda auditorlik tashkilotlari ishi sifatini, ularning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan tashqi sifat nazoratidan o‘tkazishi;
• majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tadigan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatini shakllantirish;
• auditorlar malakasini oshirishning amaliy tizimini yaratish;
• manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga qaratilgan auditorlarning kasb faoliyatiga tegishli axloq qoidalariga rioya etish;
• xalqaro standartlarni joriy etishning eng yaxshi jahon tajribasini qo‘llash bo‘yicha auditorlarning respublika jamoat birlashmalari faoliyatini faollashtirish;
• auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi normalarni yagona normativ-huquqiy hujjatda unifikatsiyalash va tizimlashtirish.
Ayni paytda qonun loyihasi DSQ, MB, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, Auditorlar palatasi, Iqtisodiy sud, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi qo‘mita, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, SSP, Bosh prokuratura bilan kelishilgan hamda huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga kiritilgan.
Qonun loyihasi 51 moddadan (amaldagisi – 29 moddadan) iborat bo‘lib, sakkizta bobga tizimlashtirilgan va auditorlik faoliyatini tartibga solishning sinalgan amaliy tamoyillariga hamda ilg‘or xorij mamlakatlari tajribasidan foydalanishga asoslangan.
2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga kiritish dasturiga muvofiq, ushbu loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati 2019 yilning 1 iyuligacha etib belgilangan.
Mavzuga oid
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:53 / 22.04.2026
MChJ faoliyatiga oid yangi tahrirdagi qonun kuchga kiradi
09:19 / 08.04.2026
Qo‘riqlash departamenti vakolatlari kengaymoqda
19:12 / 05.04.2026