Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shifo o‘rniga ziyoni bo‘lgan dorilar to‘xtatib qolindi
Amaldagi tartiblarga ko‘ra, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni xalqaro pochta jo‘natmalari orqali jo‘natish taqiqlanganligiga qaramay, pochta jo‘natmalari orqali tarkibida psixotrop va narkotik moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini jo‘natish holatlari uchrayapti.
Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh pochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan fuqaro M.L. nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo‘natmasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, tarkibida “Brotizolam” psixotrop moddasi mavjud bo‘lgan 10 dona “Bondormin” nomli dori vositasi borligi fosh etildi.
Shuningdek, fuqaro Yu.Yu. nomiga yuborilgan pochta jo‘natmasida ham tarkibida “Kodein fosfat” narkotik moddasi mavjud bo‘lgan 204 dona “Rokacet Plus” nomli va tarkibida “Zolpidem” psixotrop moddasi mavjud bo‘lgan 129 dona “Zodorm” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
20:03 / 05.07.2026
Retsept asosida sotiladigan qariyb 2500 nomdagi dori narxlari pasaytirildi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026