Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prokuror Myuller iste'foga chiqadi. U Rossiyaning AQSh saylovlariga aralashganini isbotlay olmadi
AQShning maxsus ishlar bo‘yicha prokurori Robert Myuller iste'foga chiqadi. Bu haqda Myuller maxsus tashkil qilingan matbuot anjumanida e'lon qildi.
«Men bu qarorni mustaqil qabul qildim, hech kim bunga majbur qilgani yo‘q»,- dedi prokuror 10 daqiqa davom etgan bayonotida. Myuller bayonotidan so‘ng jurnalistlarning savollariga javob bermadi. Bu AQSh maxsus prokurorining 2 yil ichidagi ilk chiqishi bo‘ldi. U aynan 2016 yilda bu lavozimni egallagan va Rossiyaning AQSh prezidentlik saylovlariga aralashganini isbotlashga uringandi.
Myuller prezident Tramp bu lavozimni ruslar yordamida egallaganiga shubha qilmagandi, lekin buni isbotlay olmadi. AQSh tarixidagi eng shov-shuvli surishtiruvlardan birining samarasiz yakunlangani Myullerni iste'fo so‘rashga majbur qildi. Tramp surishtiruv boshlanganidan buyon maxsus prokurorda hech qanday isbot yo‘qligi va u faqat vaqt o‘tkazib, budjet pullarini maqsadsiz sarflayotganini aytib kelardi.
Mavzuga oid
22:32 / 07.07.2026
AQSh 100 yil ichida birinchi marta dumaloq bo‘lmagan tanga chiqaradi
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026