Sanoat, qishloq xo‘jaligi, migratsiya va AES - Rossiya va O‘zbekiston qaysi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishi ma'lum qilindi
Rossiya va O‘zbekiston milliy loyihalarni amalga oshirish borasida hamkorlik qiladi, dedi Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning O‘zbekistonga tashrifi doirasida.
"O‘zbekiston milliy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha biz hamkorlik qilayotgan yetakchi mamlakat. Bugun men imzolaydigan hujjatlardan biri “mehnat samaradorligi” milliy yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlik dasturi bo‘ladi", - dedi vazir.
Oreshkin yil oxiriga qadar qolgan milliy loyihalar bo‘yicha ham hamkorlik faollashishiga umid bildirdi.
"Biz mazkur ishning barcha bosqichlari – maqsadli ko‘rsatkichlarni ishlab chiqishdan boshlab boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish, bu loyihalarni Rossiya hamda O‘zbekiston hududida amalga oshirish bo‘yicha hamkorlarimiz bilan bo‘lishishga tayyormiz. Biz kompleks loyihani ishga tushirmoqdamiz. Yil oxirigacha O‘zbekiston bilan barcha milliy loyihalar bo‘yicha siljish bo‘ladi", - dedi u.
Tovar ayirboshlash
Oreshkin Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2019 yilda 5,5 mlrd dollarga yetishini kutayotganligini aytdi.
"Biz bir tarafdan, ikki tomonlama savdo, O‘zbekistondan import qilishni oshirishga intilyapmiz. Boshqa tarafdan, O‘zbekistonga Rossiya uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha loyihalar ustida ishlayapmiz. Chunki bu yerda gidroelektrostansiyalar, issiqlik stansiyalari va melioratsiya tizimini modernizatsiya qilishga ehtiyoj bor – O‘zbekistonda keyingi o‘n yillar davomida amalga oshirilmagan ishlar natijasida ko‘p narsalar qoniqarsiz holatga kelib qolgan", - dedi Oreshkin.
Uning fikricha, eskirgan tizimlarni Rossiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy jihozlar bilan almashtirish O‘zbekiston iqtisodiyotiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Oreshkin Rossiya bilan bosh vazirlar darajasidagi qo‘shma komissiyalar mavjud davlatlar atigi bir nechta ekanligini ta'kidladi. Bunday komissiyalar faqat Fransiya, Xitoy va O‘zbekiston bilangina tashkil etilgan.
"O‘zbekiston tez ko‘payayotgan aholiga ega bo‘lgan tez o‘sib borayotgan iqtisodiyotdir. Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, ma'lum vaqtdan so‘ng O‘zbekiston possovet mamlakatlari orasida iqtisodiyoti jihatidan Rossiyadan keyingi ikkinchi davlatga aylanishi lozim. Shu bois bu yerda ulkan salohiyat, katta hajmdagi loyihalarni ko‘rmoqdamiz. Ko‘rgan bo‘lsangiz, biz shunchaki u yoki bu mahsulotni sotish haqida emas, har bir yo‘nalish: sanoat, qishloq xo‘jaligi, fan, ta'lim, madaniyat – ya'ni barcha yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur hamkorlik to‘g‘risida gapirmoqdamiz", - dedi rossiyalik vazir.
Migratsiya
Moskva va Toshkent O‘zbekiston hududida Rossiya migratsion organlari vakolatxonalarini ochish imkoniyatini muhokama qilmoqda.
"Hozirda asosiy vazifa bu jarayonni [O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga mehnat migratsiyasi] iloji boricha og‘riqsiz qilish. Biz odamlar u yoki bu sabab bilan ruxsatnoma ololmaganliklari sababini vaqt va pul sarflab Rossiyaga kelib yurmasdan O‘zbekistonning o‘zida bilishlari uchun O‘zbekiston hududida Rossiya migratsion organlari vakolatxonalarini ochish imkoniyatini muhokama qilmoqdamiz", - dedi Oreshkin.
U bu masalada maslahatlashuvlar davom etayotganini, "hozircha kelishuvga erishilmaganini" ma'lum qildi.
"Ta'lim yo‘nalishidagi loyihalar muhim ishlardan biri, chunki u O‘zbekistonning uzoq muddatli rivojlanishi nuqtai nazaridan muhim hisoblanadi. Bundan tashqari, u mamlakatlarimiz o‘rtasidagi kooperatsiyani chuqurlashtirishga yordam beradi", - dedi Rossiya vaziri.
Qishloq xo‘jaligi
O‘zbek mahsulotlari sifat borasida Turkiya mahsulotlari bilan bemalol raqobatlashishi va hatto ularni Rossiya peshtaxtalaridan siqib chiqarishi mumkin, deb hisoblaydi Oreshkin.
"O‘zbekiston bu yerda muvaffaqiyatli raqobat qila oladi va mening shaxsiy fikrimga ko‘ra, sifati pastroq bo‘lgan turk mahsulotlarini siqib chiqaradi deb o‘ylayman. Shaxsan o‘zim Turkiyanikidan ko‘ra O‘zbekiston pomidorini afzal ko‘raman", - dedi u.
Vazirning fikricha, rossiyalik iste'molchi o‘zbek mahsulotlarini sevadi, shuning uchun ishlab chiqaruvchilar xarajatlarini pasaytiradigan va natijada Rossiya bozorida narxlarni pasaytirib, boshqa mamlakatlardan, masalan Turkiyadan keladigan mahsulotlarni siqib chiqarish imkonini beruvchi yetkazib berish mexanizmini tashkil etish lozim.
Vazirning qo‘shimcha, qilishicha, Rossiya bozoriga O‘zbekiston tekstil mahsulotlarini yetkazib berish borasidagi muammo hal qilingan. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari borasida esa yetkazib berishning "urug‘dan peshtaxtagacha" zanjirini yaratish darkor, dedi Oreshkin.
"Bu loyiha ichiga bir zanjirga birlashuvchi urug‘chilik bilan bog‘liq bo‘lgan fan, o‘g‘it bilan bog‘liq sanoat, mashinasozlik mahsulotlari, logistika, tarqatish markazlari kiradi. Bu savdo ham: Rossiya tarmoqlari bunda faol rol o‘ynaydi", - dedi u.
Rossiya vaziri ikki davlat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha imzolanishi rejalashtirilgan kelishuv ushbu sohadagi hamkorlik yo‘l xaritasining unsurlaridan biri bo‘ladi.
"Keyinchalik barcha sohalarni o‘zida jamlaydigan yagona kompleks hujjat darajasiga yetib kelamiz", - dedi u.
AES qurilishi
O‘zbekistonda Rosatom loyihasi bo‘yicha quriladigan birinchi atom elektr stansiyasi uchun qurilish maydoni tanlandi. Ayni paytda stansiya qurilishi to‘g‘risidagi shartnomani yakuniga yetkazish ishlari nihoyalanmoqda, deb ma'lum qildi Oreshkin.
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda AES qurilishi loyihasi ikki mamlakat hamkorligining muhim jihatlaridan biri hisoblanadi.
2018 yil sentyabrda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov respublika hududida AES qurilishida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, Rosatom VVER-1200 turidagi reaktorlarga ega "3+" avlodidagi ikkita energoblok qurishni rejalashtirgan.
AES qurilishi 2022 yilda Rossiya kreditini jalb etish orqali boshlanishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
23:22 / 22.11.2024
KXDR o‘z askarlarini Ukraina urushiga yuborgani evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan
21:54 / 22.11.2024
«Krepkiy oreshnik»: Putin tutib qolish imkonsiz ekanini aytgan yangi raketa haqida nimalar ma’lum?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
20:12 / 22.11.2024