Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Içki işlar vazirligi xodimlariga aloqador ikki video tarqaldi va bu foydalanuvçilar tomonidan keskin muhokamalarga sabab bölmoqda.
Birinçi videoda yölda harakatlanayotgan haydovçi va uning şerigi hozirgi kunda qattiq tanqid ostiga olingan kunduzi çiroqlarni yoqib yuriş bilan boğliq holat böyiça içki işlar yöl patrul post xizmati xodimlariga qaraşli avtoulovni suratga olgan. Unda çiroqlarni yoqib yuriş majburiyati faqat oddiy xalqqa tegişliligi va videodagi yöl patrul xodimi maşinasining çiroqlarini yoqmagani tanqid ostiga olingan. Şundan söng, haydovçilar va xodimlar örtasida harakatlaniş çoğida dahanaki suhbat bölib ötgan.
Haydovçi: Komandir, faralarni yoqib olaylik
PPX xodimi: Özingiz yoqib olavering
Haydovçi: Nima, sizga yoqiş mumkin emasmi?
PPX xodimi: Menga mumkin emas. Nima deysan? Ol, çekkaga!
Haydovçi: Nega olaman?
PPX xodimi: Ol!
Şundan söng, haydovçi maşinasini töxtatgan. Içki işlar xodimi kelib haydovçi tomonidan berilgan savollarga: «Sening nima işing bor. Sen «GAI» xodimimisan. Senga emas qonunni nazorat qiliş. Seni ham, meni ham töxtatadigan içki işlar xodimi bor. Böldimi? Menga mumkin emas. Soğ böl!», deb javob qaytargan. Şundan söng tomonlar xayrlaşgan.
Jamoatçilikda öz-özidan savollar paydo böladi. Qonun faqat oddiy odamlar uçunmi? Içki işlar xodimi öz kasb etikasiga amal qilmaydimi? Qonunni nazorat qiliş içki işlar vazirligida ekan, xodimlari birinçi navbatda unga amal qilib namuna bölişi kerak emasmi? Nega hamma uçun teng bölgan qonun uning himoyaçilariga eslatilsa, dağdağa bilan javob beriladi? Bunday xodimlarga xizmat tekşiruvi ötkazilmaydimi? Çora körilmaydimi?
Prezident Şavkat Mirziyoyev bir neça marta davlat amaldorlari xalqqa xizmat qilişi va xalq ularni öz himoyaçisi sifatida körişi lozimligini aytmoqda. Aslida ham ular şunday bölişi kerak emasmi?


















