Xususan, patrul-post xizmati xodimlari iştirokida jami 294 ta, şaxsan ular tomonidan 189 ta jinoyat foş etilgan bölsa, 136 ta holatda turli jinoyatning oldi olingan.

Şu kabi PPX xodimlari iştirokida 188 nafar va şaxsan ular tomonidan 115 nafar qidiruvda bölgan şaxs aniqlanib, uşlangan. 40 nafar bedarak yöqolgan şaxs topilgan. Şuningdek, 1 573 nafar iş va yaşaş joyi noaniq bölgan şaxs reabilitatsiya markazlariga joylaştirilgan.

Viloyatda ötkazilgan «Tiğ» maxsus-profilaktik tadbiri davomida PPX xodimlari tomonidan 7 909 ta ötkir tiğli jismlar muomaladan olingan bölsa, ularning 6 774 tasi piçoq, 78 tasi kastet, 33 tasi bita va 1024 tasi boşqa körinişdagi xavfli bölgan ötkir tiğli jismlarni taşkil qilgan.

Barça aniqlangan holatlar yuzasidan qonuniy çora körilgan.