2025 yil 1 sentabrdan boşlab yuridik şaxslar YaIDXP va Davlat xizmatlari markazlari orqali PPX bölinmalariga şartnomaviy-huquqiy asosda xizmatlar körsatiş uçun murojaat qilişi mumkin.

PPX bölinmalari IIVning "Elektron patrul" tizimi orqali jamoat tartibini saqlaş va jamoat xavfsizligini ta’minlaş böyiça xizmatlar körsata oladi.

Ma’muriy reglament quyidagi tartiblarni belgilaydi:

  • fuqarolar gavjum böladigan joylarda jamoat tartibini saqlaş va jamoat xavfsizligini ta’minlaş böyiça xizmatlar körsatiş uçun yuridik şaxslar tomonidan içki işlar organlarining patrul-post xizmati bölinmalariga murojaat qiliş;
  • arizalarni körib çiqiş va ularni rad etiş asoslari;
  • fuqarolar gavjum böladigan joylarda jamoat tartibini saqlaş va jamoat xavfsizligini ta’minlaş faoliyatini taşkil etiş.

 
Ma’muriy reglament ommaviy tadbirlarni taşkil etiş va ötkazişga, şuningdek, yiğilişlar, mitinglar, köça namoyişlariga nisbatan qöllanmaydi.

Belgilangan şakldagi ariza vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kundan boşlab 10 iş kuni mobaynida körib çiqiladi. Bunda vakolatli organ xodimi ariza beruvçi bilan birgalikda fuqarolar töplaniş joyini közdan keçiradi.

Fuqarolar gavjum böladigan joyni közdan keçiriş natijalari böyiça dalolatnoma tuziladi, unda obekt hududining çegaralari, zarur şaxsiy tarkib soni, xizmat xonalari, postlar va harakat marşrutlarining joylaşuvi, javobgarlik zonasi, xodimlarning iş tartibi va iş qoidalari belgilanadi, şuningdek şartnoma loyihasi işlab çiqiladi.

Patrul-post xizmati bölinmalari tomonidan fuqarolar gavjum böladigan joylarda jamoat tartibini saqlaş va jamoat xavfsizligini ta’minlaş böyiça xizmatlar körsatiş tariflari belgilangan tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelişilgan holda belgilanadi.