Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 apreldagi №292-sonli qarori bilan yöl harakati qoidalariga özgartiriş kiritilib, unga köra kunning yoruğ vaqtida barça avtomototransport vositalari yaqinni yorituvçi çiroqlarini yoki kunduzgi signal çiroqlarini yoqib harakatlanişi şartligi belgilandi. Aynan uşbu kiritilgan özgartiriş köpçilik fuqarolar tomonidan norozilik bilan qarşi olinib, bunday özgartiş kiritişga asoslar yetarli emasligi, transport vositalarining bugungi kundagi texnik holati mos kelmayotgani kabi e'tirozli fikrlar bildirilmoqda.

Yaqinda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Abduraşid Abduqodirov «Munosabat» körsatuvida kunduzgi vaqtda avtomobillarning yaqinni yorituvçi çiroqlarni yoqib yurişi böyiça öz fikrlarini bildirgandi.

Unda Vazirlar Mahkamasi qarori tegişli talablarga javob bermasligi, qarorda aniq sana körsatilmagani, «kunning yoruğ vaqtida» degan jumla huquqiy hujjatlarda uçramasligi, hujjat tadbirkorlarga qöşimça majburiyat yoki talablar yuklagani tufayli uning uç oydan keyin kuçga kirişi lozimligi va jarima miqdori qonunçilikka muvofiqlaştirilmaganini iddao qilgandi. Şuningdek, IIV jarimani 2016 yilda joriy qilgan, qoidalar esa 2019 yilda keskin özgartirilganini aytgandi.

Deputat Adliya vazirligini ham hujjatning huquqiy ekspertizasidagi passiv roli uçun koyigandi. Jarimani kiritayotgan payt deputatlarning roziligini oliş uçun boşqa sabab körsatilib, deputatlarning köpçilik ovozi olinganini tuşuntirgandi.

Buni körsatuvda iştirok etgan boşqa deputatlar ham tasdiqlagandi.

Köp ötmay Adliya vazirligi öz munosabatini bildirdi. Deputatlar tomonidan 2016 yilda hukumat kiritgan, deb tilga olinayotgan qonun loyihasi aslida Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan taşabbus sifatida parlamentga kiritilgani, hujjatda muddat körsatilmagan bölsa, e'lon qilingan kundan kuçga kirişi ma'lum qilindi.

Tadbirkorlarga qöşimça majburiyat yoki talablar yuklagani tufayli uning uç oydan keyin kuçga kirişi lozimligi böyiça transport vositalarining çiroğini yoqib yurişi haqidagi talab bilan tadbirkorlik faoliyatini yuritiş qiyinlaşib yoki osonlaşib qolmasligi, qonun böyiça ham buning aynan tadbirkorlik faoliyatiga aloqasi yöqligi va yöl harakati qoidalari universal, hammaga bir xil tatbiq etiladigan huquqiy normalar yiğindisiligi tuşuntirildi.

Yana qaror loyihasi boşqa turdagi ekspertizalar ötkazilganidan söng, Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan ötkazilgan va tegişli taklif-mulohazalar berilgani ta'kidlandi. Boşqa turdagi ekspertizalar deganda nima nazarda tutilganiga esa Adliya vazirligi izoh bermadi.