Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 apreldagi qarori bilan, Yöl harakati qoidalarining 138-bandiga özgartiriş kiritilib, kunning yoruğ vaqtida barça avtomototransport vositalarining yaqinni yorituvçi çiroqlarini yoki kunduzgi signal çiroqlarini yoqib harakatlanişi kerakligi belgilangan edi.
Öşa vaqtda jamoatçilikda paydo bölgan keskin noroziliklar hisobga olinib, majburiy qoidaning amal qilişi 2021 yil 1 yanvarga qadar töxtatib turilgan edi.
Ya'ni uşbu talab avtomatik yonib turuvçi kunduzgi signal çiroqlari bilan jihozlanmagan avtomototransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilangandi.
Bundan taşqari, mazkur qaror bilan:
- 2020 yil 1 yanvardan mamlakatda işlab çiqariladigan barça avtomototransport vositalari içki bozorga işlab çiqaruvçi tomonidan avtomatik yonib turuvçi kunduzgi signal çiroqlari bilan jihozlangan holda çiqarilişi;
- Respublikaga çet eldan import qilinadigan avtomototransport vositalarining avtomatik yonadigan çiroqlari bölmasa, mamlakat içkarisiga olib kirilişiga ruxsat berilmasligi kabi çoralar belgilangan.
2021 yilning 1 yanvaridan boşlab, sutkaning har qanday vaqtida yaqinni yorituvçi çiroqlar yoki kunduzgi signal çiroqlarini yoqib harakatlanmagan haydovçilar jarimaga tortiladi.
MJtKning 128-moddasiga köra, uşbu huquqbuzarlik birinçi marta sodir etilganda 111 500 söm, bir yil içida takror sodir etilsa 223 ming söm, bir yil içida 3-marta sodir etilsa 669 ming söm jarima solinadi. 1 yil içida 3 martadan köp sodir etilganda haydovçi 892 ming söm jarima yoki transport vositasini boşqariş huquqidan 6 oyga mahrum etiş bilan jazolanadi.
Ayni paytda Rasul Kuşerbayev doxil bir guruh deputatlar bu tartibni bekor qiliş böyiça Vazirlar Mahkamasi va Içki işlar vazirligiga sörov kiritgan. Ular kunning yoruğ vaqtida yaqinni yorituvçi çiroqlarini yoki kunduzgi signal çiroqlarini yoqib harakatlanişi şartligi böyiça talabni avtomatik yonib turuvçi kunduzgi signal çiroqlari bilan jihozlanmagan avtomototransport vositalariga nisbatan tatbiq etmaslikni


















