“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni “Yomonlikka yaxşilik bilan javob beriş”, deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni Toşkent şahridagi “Tölqin Akrom öğli” masjidi imom-xatibi Sahobiddin Sotimov şarhlab berdi.

YouTube

Tas-IX

Sa'd ibn Sino Xudriydan (r.a) rivoyat qilinadi: “Payğambarimiz alayhissalotu vasallam aytdilar: “Zarar beriş ham yöqdir, zarar berganga zarar bilan javob qaytariş ham yöqdir”.

Bu muborak hadisni şarhlaş uçun Nabiy sallollohu alayhi vasallamning yana bir hadislariga murojaat etamiz. U Zot: “Kim musulmonga zarar yetkazsa, unga Alloh zarar yetkazadi”, deb marhamat qilganlar.

Yuqoridagi hadisdagi “zarar beriş yöqdir”, degan gapning ma'nosi inson özga insonga zarar bermasligi haqida aytilgan. Zarar turli xil böladi. Masalan, bir inson öziga manfaatli bölgan narsada qöşnisiga ziyon berişligi mumkin. Misol qilib oladigan bölsak, qöşni tomonga baland imorat quriş, baland daraxtlarni ekiş va şu kabi. Mana şu tariqa zararli holatni özining foydasiga binoan amalga oşiriş nazarda tutiladi. 

Bu hadisning fiqhiy jihatdan ikkinçi ma'nosi Alloh taoloning diniga biz bandalar taklif qilinganmiz. Mana şu nuqtai nazardan biz bandalarga Allohning dinida zarar yöqdir va bu dinga nisbatan ham bizning zarar bilan javob berişligimiz ham yöqdir. 

Zarar yetkazmaslik deganda ulamolar, birinçi navbatda, til bilan zarar yetkazmaslikni nazarda tutişgan. Nima uçun? Tildan kelgan zarar qalbni öyadi. Tildan kelgan zarar iymonning örni bölgan qalbni, Qur'onning örni bölgan ruhiyatni sindiradi. Yillar mobaynida uning tub-tubiga xanjar sançgandek aziyat beradi. Gohida bir insonga oddiy xabarni yetkazaman deb, uni öylamasdan aytgani natijasida özga insonga zarar yetib qoladi. Hadisdagi ikkinçi ma'no iş-harakat bilan, amaliy jihatdan özga insonga zarar bermaslik ma'nosini anglatadi. Uçinçisi esa, insonning qöşnisiga, qarindoşiga, tuğişgan jigariga yoki birga işlayotgan, hamkor bölib turgan insonga zarar bermaslikni nazarda tutdilar. Har uçala holat ham Islomda ma'n qilingan hisoblanadi.