Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nadal Federerni mag‘lub etib «Rolan Garros» finaliga yo‘l oldi
Ispaniyalik tennischi, “tuproqli kortlar qiroli” Rafael Nadal Parijda o‘tayotgan, “Katta dubulg‘a” seriyasiga kiruvchi “Rolan Garros” musobaqasining birinchi yarimfinalida afsonaviy shveysariyalik tennischi Rojyer Federer ustidan g‘alaba qozondi.
2 soat 25 daqiqa davom etgan uchrashuv 6:3, 6:4, 6:2 hisobida yakunlangan.
Nadal finalda Novak Jokovich - Dominik Tim juftligi g‘olibi bilan uchrashadi.
“Rolan Garros”dagi uchrashuv Nadal va Federerning rasmiy uchrashuvlardagi o‘zaro 39-uchrashuvi bo‘ldi. Ikki tennischi o‘rtasidagi o‘zaro qarama-qarshilikdagi umumiy hisob ispaniyalik tennischi foydasiga 24-15 ko‘rinishini oldi.
Ayni vaqtda Nadal professional tennischilar reytingida 2-o‘rinni, Federer 3-o‘rinni egallamoqda. Peshqadamlikni esa o‘zida Jokovich ushlab turibdi.
Ispaniyalik tennischi “Rolan Garros”ning amaldagi g‘olibi va eng unvondor (musobaqada 11 marta g‘olib bo‘lgan) ishtirokchisi hisoblanadi.
Bu orada ayollar orasida finalchilar ma'lum bo‘ldi. Finalda avstraliyalik tennischi Eshli Barti va chexiyalik Marketa Vondroushova bellashadi.
Ayni vaqtda Barti ayol tennischilar reytingida 8-o‘rinni, Vondroushova 38-o‘rinni egallamoqda.
Avvalroq sportchilar rasmiy uchrashuvlarda 2 marta to‘qnash kelishgan va ikkala uchrashuvda ham Bartining qo‘li baland kelgan.
Avval ulardan birortasi “Katta dubulg‘a” seriyasiga kiruvchi musobaqalar finaligacha yetib kelmagan.
Musobaqaning ayollar finali 8 iyunda, erkaklar finali esa 9 iyunda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
08:45 / 08.06.2026
Rolan Garros–2026: Zverev tarixiy g‘alabaga erishdi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
17:36 / 26.05.2026