Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rta Chirchiqda bola o‘g‘irlashda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi
5 iyun kuni Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida 2011 yilda tug‘ilgan qizchani aldov yo‘li bilan olib ketmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, Toshkent viloyatida bir qizchani o‘g‘irlab ketishga uringan shaxsning olomon qilinishi aks etgan video yuzasidan axborot berdi.
2019 yil 5 iyun kuni Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani, «Toshloq» MFY, Navro‘z ko‘chasida yashovchi A.A. O‘rtachirchiq tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida 2019 yil 5 iyun kuni taxminan soat 14:00 larda O‘rtachirchiq tumani, «Toshloq» MFY, Navro‘z ko‘chasida farzandi 15.05.2011 yilda tug‘ilgan T.Sh.ga noma'lum shaxs 1000 (ming) so‘m pul berib, unga «bu senga hayitlik, yur uyimga olib boraman» deb aytib, aldab olib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida qizcha qarshilik qilganini shu mahallada yashovchi P.K. ko‘rib qolganligini va qo‘shnilar bilan birga ushbu noma'lum shaxsni ushlab olganligini, O‘rtachirchiq tumani IIBga holat yuzasidan xabar qilganligini, ushbu holat yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishini so‘ragan.
Fuqaro A.A.ning ushbu arizasi 5.06.2019 yilda O‘rtachirchiq tumani IIB Shakl-2 kitobida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan O‘rtachirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:54 / 24.03.2025
Toshkent viloyatida YTHga uchragan Nexia-2 yonib ketdi
12:23 / 14.01.2025
Toshkent viloyatida 486 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
07:30 / 23.11.2024
O‘rta Chirchiqda 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi
10:40 / 08.10.2024