Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suv ostida tanklar: Chirchiqda kursantlar tanklar yordamida suv ostida harakatlanish mashqlarini bajarishdi
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari jangovar mashinalarni haydash fani doirasida navbatdagi murakkab amaliy mashg‘ulotlarni o‘zlashtirdi.
Bilim yurti dala o‘quv maydonida zirhli texnikalarning kechuvdan o‘tish va suv ostida harakatlanish ko‘nikmalarini mustahkamalashga ixtisoslashgan mashq nuqtasi joylashgan.
Avvaliga g‘avvoslar guruhi mashq bajariladigan suv havzasi tubini ko‘rikdan o‘tkazishdi. Kechuvdan o‘tishdan oldin zirhli texnikaning sozligi va ekipajning mashg‘ulotni bajarish uchun jismoniy holati va ruhiy tayyorgarligi tekshirildi.
Bo‘lajak ofitserlar T-62 tankida kechuvdan o‘tish, suv ostida harakatlanish mashqini bajardi. Shuningdek, piyodalar jangovar mashinalarida suv yuzasida suzib o‘tishni o‘zlashtirdi. Ushbu o‘quv amaliyoti zirhli texnikani suvda boshqarishdan tashqari tank ekipajining uyushqoqlik bilan harakat qilishi va ruhiy tayyorgarligini mustahkamlaydi. Ya'ni ularda murakkab sharoitlarga tushib qolganda to‘g‘ri yo‘l tutish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Tankning suvga tushishdan oldin yo‘nalishni to‘g‘ri olishi mashqni muvafaqqiyatli yakunlashda muhim o‘rin tutadi. Mashg‘ulot tartibiga ko‘ra zirhli texnika kechuvga sekin tushiriladi va suvdan chiqqach, yuqori tezlikda haydab ketilishi kerak. Mashqlarning to‘g‘ri va aniq bajarilishini mashg‘ulot rahbarlari kuzatib bordi. Kun davomida mashqlar rejada belgilanganidek muvaffaqiyatli bajarildi.
Shuningdek, shu kunining o‘zida BMP-2 piyodalar jangovar mashinasida ham suv yuzasida suzib o‘tish mashqlari o‘zlashtirildi.
Mavzuga oid
18:16 / 21.01.2026
Erdo‘g‘an O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va kuch tuzilmalari rahbarlarini qabul qildi
18:36 / 13.01.2026
Harbiy xizmatchilarning oyliklari oshiriladi
15:51 / 13.01.2026
«Zamonaviy urush tabiati tubdan o‘zgardi» – prezident Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida
18:07 / 17.11.2025