Qozog‘istonning amaldagi prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 9 iyunda Qozog‘istonda o‘tayotgan navbatdan tashqari prezident saylovlarida ovoz berdi.
Toqayev Nur-Sultondagi “Astana-opera” binosida joylashgan 115-saylov uchastkasida ovoz bergan.
Shuningdek, mamlakat bosh vaziri Askar Mamin ham ovoz berdi. Mamin poytaxtdagi 139-saylov uchastkasida ovoz bergan. Mamin ovoz berib bo‘lgach, kuzatuvchilar bilan suhbatlashgan.
Qozog‘iston prezidenti lavozimi uchun 7 nomzod da'vogarlik qilmoqda. Saylovlarda mamlakatning mustaqillik yillari davomida birinchi marta birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev ishtirok etmayapti.