Jahon | 14:30 / 11.06.2019
9200
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh kongressmenlari Turkiya S-400 sotib oladigan bo‘lsa, unga nisbatan sanksiya joriy etishga chaqirishdi

Foto: TASS

AQSh kongressi vakillar palatasi Turkiyaga nisbatan sanksiyalar kiritish chaqirig‘i bo‘lgan rezolyutsiyani bir ovozdan ma'qulladi. Rezolyutsiyaga ko‘ra, agarda Anqara Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlarini oladigan bo‘lsa, Turkiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilishi lozim.

Kongress rezolyutsiyasi deklarativ tusga ega bo‘lib, uning moddalarini bajarish majburiy emas.

AQSh Turkiyaning S-400’larni sotib olishiga qarshi chiqmoqda va Anqaraga sanksiyalar solish bilan tahdid qilmoqda. Turkiya o‘z navbatida majmualar AQShga xavf solmasligini va Anqara ularni sotib olishdan voz kechmasligini aytib keladi.

Shartnomaga ko‘ra, Rossiya Turkiyaga to‘rtta S-400 divizionini yetkazib beradi. Shartnoma qiymati 2,5 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid