Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar aeroportda qimmatbaho taqinchoqlarni olib kirishga uringan shaxsni to‘xtatishdi
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi «Buxoro aeroporti» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorijiy reys orqali harakatlanish chog‘ida mamlakatimizga yashirincha qimmatbaho taqinchoqlarni olib kirishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi.
Fuqaro H.Q «yashil yo‘lak» orqali harakatlanish chog‘ida bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Natijada u o‘zi bilan umumiy qiymati 8 167 800 so‘mlik, jami 408,39 gramm zargarlik buyumlarini bojxona chegarasidan yashirincha olib o‘tishga uringani aniqlangan.
Hozirda, holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.
«Bojxona organlari tomonidan xalqaro aeroportlarimizda joriy etilgan «qizil» va «yashil» yo‘laklar fuqarolarning qimmatli vaqtlarini tejash va ularga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan.
Ammo ba'zi shaxslar mazkur imkoniyatdan o‘zlarining noqonuniy maqsadlari yo‘lida foydalanishlari, bojxona xodimining ko‘zini shamg‘alat qilishga urinishlari esa, achinarli holdir», deyiladi Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida
11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi
20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin
09:31 / 21.02.2025