Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda 18 yoshli qiz zargarlik do‘konini 170 mln so‘mga tunab ketdi
Navoiy viloyatining Karmana tumanida 18 yoshli qiz zargarlik do‘konidan umumiy qiymati 170 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketdi.
IIV matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, 12 iyunda Karmana tuman ichki ishlar bo‘limiga “ADXAM GOLD” korxonasi direktoridan murojaat arizasi tushgan. Uning ta'kidlashicha, 10 iyunda noma'lum ayol “Buyum” bozorida joylashgan zargarlik do‘koniga kirib, sotuvchilar e'tiborini chalg‘itib, zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan.
IIVning OAV va jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasida xabar qilinishicha, ko‘rilgan choralar davomida avval sudlangan namanganlik 18 yoshli qiz ushlangan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari ushbu jinoyat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atishgan, tergov ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
17:53 / 11.05.2026
Navoiyda kuyovini o‘ldirish uchun killer yollagan ayol ushlandi
15:40 / 06.05.2026