Hamma özi uçun. Ummon körfazidagi yangi ziddiyat arafasida kuçlar muvozanati
|23:00 / 16.06.201948 29111 min
Foto: AFP Foto: AFP
May va iyun oylarida Fors körfazida neft tankerlariga hujumlar kuzatildi. AQŞ bu hujumlarda Eronni ayblamoqda va hududdagi qöşinlari sonini köpaytirmoqda.
13 iyun kuni Ummon körfazi hududida Saudiya Arabistonidan Singapur va Tayvanga yöl olgan ikki tankerda portlaş yuz berdi.
AQŞ bu hujumlarda Eron islom inqilob qöriqçilari korpusini aybladi. Amerikaliklar eronlik zobitlar portlaşlar yuz berganidan sakkiz soat ötib, ekipaji evakuatsiya qilingan tankerlardan biriga yaqinlaşgani va bölgan hodisaga Eronning aloqadorligini yaşiriş maqsadida portlamay qolgan magnit minani yiğiştirib olgani tasvirlangan videoni namoyiş etdi.
Fors körfazi - sönggi 40 yil davomida bir neça uruş va yuzlab mahalliy nizolar röy bergan, jahonning eng notinç hududlaridan biridir. Körfazdagi har bir davlat ba'zan ehtiyotkorlik bilan, ba'zida esa agressiv siyosat yuritib, qöşnilarining pozitsiyasini zaiflaştiriş orqali mintaqada yetakçilik qilişga intiladi.
Hozirda vaziyat yana keskinlaşa boşladi, Donald Tramp Eron yadro dasturi böyiça kelişuvdan çiqib, bu davlatga yangi sanksiyalar qöllagan.
Endi Vaşington Tehronni tankerlarga hujum qilişda ayblamoqda. Eron hukumati bu ayblovlarni qat'iyan rad qilmoqda.
«Bi-Bi-Si» Fors körfazidagi kuçlar taqsimotini körib çiqqan.
Eron
Eron mintaqa yetakçiligiga da'vo qiladi hamda öz siyosatini AQŞ va Isroilga qarama-qarşi yönalişda olib boradi.
Isroil razvedkasi ma'lumotlariga köra, rasmiy Tehron vaqti-vaqti bilan Isroildagi aholi yaşaş punktlarini öqqa tutib turadigan «Islom jihodi» guruhini qöllab-quvvatlaydi.
Bu mamlakat uzoq yillar davomida öz yadro dasturi tufayli sanksiyalar ostida yaşadi. 2015 yilda bu dasturning tugatilişi nazarda tutilgan kelişuv imzolangandi. Şundan söng sanksiyalar bekor qilingandi, ammo bu vaqtinçaga edi.
Mavzuga oid
Eron Saddam Husayn hukumat tepasida bölgan vaqtda qöşnisi Iroq bilan jiddiy ziddiyatda edi. Eronning mintaqadagi strategik raqibi esa Saudiya Arabistoni hisoblanadi. Rasmiy Tehron saudiyaliklarni yarimoroldagi diniy ozçilik bölmiş şialarga nisbatan zulm ötkazişda ayblaydi.
Sönggi oylarda vaziyat keskinlaşdi. Eronning yuqori martabali amaldorlari tankerlarga hujumga aloqadorlikni qat'iyan rad etişmoqda va buni iğvo deb atab, halqaro jamiyatni bu holatni sinçiklab örganişga çaqirmoqda.
Rossiya bilan munosabatlar
Bu ikki davlat özaro qalin munosabatlarda deyiş mumkin. Ikki mamlakat örtasida savdo va harbiy hamkorlik aloqalari örnatilgan. Rossiyalik mutaxassislar Buşirda atom stansiyasi qurmoqda. Moskva va Tehron Suriya mojarosida Başar Asadni qöllab-quvvatlaydi.
Rossiya hamişa Eronni sanksiyalardan himoya qilişga harakat qilib kelgan, 2015 yilda, Qrimni qöşib olganidan keyin esa Eronga infrastruktura loyihalari uçun 7 milliard dollar miqdorida kredit bergan.
AQŞ bilan munosabatlar
Qurolli ziddiyat yoqasida - har holda Amerika ma'muriyatida şunday variantni istisno etmaydigan kişilar bor, masalan, Donald Trampning xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi Jon Bolton.
2015 yilda Eron yadroviy kelişuv tuzgandi - yadro dasturlarini jiddiy qisqartirişi evaziga bu mamlakatdan sanksiyalar yeçilişi közda tutilgandi. AQŞ prezidenti Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi vaqtidayoq bu kelişuvdan çiqişi haqida ma'lum qilgan.
Donald Tramp bu kelişuvni juda köp marta tanqid qilgan, uning sözlariga köra, bu kelişuv şartlariga köra Eron 10-15 yildan keyin atom bombasini işlab çiqişga qaytişi mumkin böladi.
2018 yil kuzida AQŞ Eronga qarşi sanksiyalarni töla hajmda tikladi. 2019 yil mayida BAA qirğoqlari yaqinida AQŞ tankerlariga hujum qilingaç, mintaqadagi amerikalik harbiylar sonini jiddiy oşirişga kirişildi.
20 may kuni Tramp uruş boşlansa, Eron yer yuzidan yöq bölib ketişi bilan tahdid qildi.
Saudiya Arabistoni
Jahondagi eng yirik neft qazib çiqaruvçi davlatlardan biri bölgan bu davlat neft narxini örnatuvçi davlat sifatida jahon siyosatiga bir neça bor öz ta'sirini ötkazgan. Islom dini markazi bölgan bu davlat mintaqaning eng muhim siyosiy öyinçisi hisoblanadi.
Şu bilan birgalikda, bir neça marta terrorçi taşkilotlarni qöllaşda va Afğonistondagi tolibonlar boşqaruvini tan olgani uçun xalqaro hamjamiyat tomonidan tanqidga uçragan.
Saudiya Arabistonining mintaqadagi asosiy raqibi - Eron. Bu qarama-qarşilik diniy xususiyatga ham ega. Saudiyada asosan sunniylar, Eronda esa şialar istiqomat qiladi.
Rossiya bilan munosabatlar
Rossiyada sovetlar uzil-kesil hokimiyatini örnatgan 1930-yillardan SSSRning yiqilişiga qadar davrda ikki mamlakat örtasida aloqalar mavjud bölmagan. 1990-yillarda va 2000-yillarda aloqalar tiklangan, ammo bu aloqalar yaqin bölmagan.
2010-yillar boşida Suriyada uruş boşlangaç bu ikki mamlakat örtasida yana sovuqçilik paydo böldi, Rossiya Başar Asad rejimini qölladi, Saudiya unga qarşi kuraşuvçilar tomonida turdi.
Lekin sönggi vaqtlarda munosabatlar iliqlaşa boşladi. Saudiyalik siyosatçilar Ğarbning Rossiyaga qarşi sanksiyalarini tanqid qilişdi.
2017 yil oktyabrida Vladimir Putin Moskvada Saudiya Arabistoni podşohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saudni qabul qildi. 2019 yilning 1 iyunida Kreml javob taşrifi bölişini ma'lum qildi.
AQŞ bilan munosabatlar
Bu ikki davlat avvaldan yaxşi munosabatlarda bölib kelgan va şundayligiça qolmoqda. AQŞ - Saudiya Arabistonining yirik strategik va savdo hamkoridir. Mamlakatlar taşqi siyosatdagi turli masalalarda hamfikr bölişadi.
Saudiya Arabistoni - Amerika qurolining eng yirik importyoridir.
Faqat 2017 yil kuzida Amerikada yaşagan saudiyalik jurnalist Jamol Qoşiqçi saudiyaliklarning Turkiyadagi konsulligida izsiz yöqolgaç AQŞ va Saudiya Arabistoni munosabatlari yomonlaşdi.
Rossiya bilan munosabatlar
Davlatlar darajasidagi munosabatlar - yaxşi darajada. 2017 yil aprelida Vladimir Putin Kremlda Abu-Dabi taxti valiahdi Muhammad Ol-Nahayonni qabul qilgandi.
11 iyun kuni Rossiya prezidenti va amirliklar şahzodasi örtasida telefon muloqoti bölib ötdi va tomonlar mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlik saqlab qolinişi zarurligi böyiça kelişib olişdi.
BAA va Rossiya hududiy nizolarni hal qilişda hamkorlik qilişdan taşqari, Amirliklar Rossiyadan qurol sotib oladi, masalan, 2019 yilning fevralida harbiy maşinalar sotib olingan.
2000-yillardan buyon Dubay va Abu-Dabi rossiyalik biznesmenlar va amaldorlar uçun eng jozibador hududlar bölib keladi.
AQŞ bilan munosabatlar
Rossiya bilan munosabatlarga qaraganda qalinroq. Abu-Dabi va Dubay şaharlarida amerikaliklarning turli kompaniyalarining minglab ofislari joylaşgan.
AQŞ Amirliklardan neft xarid qiladi va qurol yetkazib beriş borasida Rossiya bilan raqobatlaşadi. Amerikaliklarning harbiy kemalari BAA portlaridan foydalanadi.
Qatar
Tarixan Saudiya Arabistonining yaqin ittifoqçisi hisoblanadi, ammo bugungi kunga kelib bu davlat nisbatan mustaqil siyosat yurita boşlagan va Saudiya va Eron ziddiyatida betaraf pozitsiya tanlagan.
Bu yerda jahondagi eng yirik arab telekanali - «Al-Jazira»ning boş ofisi joylaşgan.
Bu mamlakat 2022 yilgi jahon çempionatiga mezbonlik qiladi. Qatar bu mintaqa mamlakatlariga xos bölmagan qadamlar taşlab turadi - masalan Isroil bilan savdo-diplomatik aloqalari örnatişga harakat qiladi.
2018 yilda Qatar OPeKdan çiqişini ma'lum qilgandi - çunki bu davlat hukumati neft va gaz qazib oliş masalalarida mustaqil qarorlar qabul qilişni istaydi.
2017 yilning mayida Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzganini e'lon qilgandi.
Bunga göyoki qatarliklar terrorçi guruhlarni moliyaviy qöllab-quvvatlagani sabab sifatida körsatilgandi.
Bu - Eron bilan döstlik va mustaqil siyosat yuritgani uçun arab davlatlari tomonidan qöllangan çora edi. Öşanda Eron hukumati Qatarni qöllab-quvvatlab çiqqandi. Bu ziddiyat hamon davom etmoqda.
Rossiya bilan munosabatlar
Ijobiy-betaraf. Rossiya Suriya masalasida Qatar bilan hamfikr bölmasa ham savdo sohasida hamkorlik qilib keladi.
2017 yilda Qatar öz qöşnilari bilan ziddiyatga kirişganida Rossiya vositaçilik taklif qilgandi.
AQŞ bilan munosabatlar
Ança yaqin - AQŞdan neft qazib oliş uçun uskunalar olişdan tortib ta'lim sohasidagi hamkorlikkaça.
Hozir Qatar ham Eron, ham AQŞ bilan yaqin aloqalarga ega davlat sifatida tomonlarni ziddiyatni eskalatsiya darajasiga keltirişdan tiyilişga çaqirmoqda.
Kuvayt
1990-1991 yillarda Iroq tomonidan qilingan hujum va buning ortidan xalqaro koalitsiya kuçlari tomonidan ozod etilişidan keyin bu mamlakat hududiy nizolarda betaraf pozitsiya tanlaydigan bölgan.
Faqat bir istisno: Kuvayt Yamanda Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan şia kuçlarga qarşi ötkazib kelinayotgan arab koalitsiyasi iştirokçisi hisoblanadi.
Rossiya bilan munosabatlar
Barqaror darajada yaxşi. Bu davlatlar gaz sohasida hamkorlik qilişadi: 2010 yilda imzolangan kelişuvga köra, Rossiya Kuvaytga AES qurilişida yordam körsatişi mumkin.
AQŞ bilan munosabatlar
Barqaror darajada yaxşi. Bu davlatlar örtasida savdo aloqalari örnatilgan. Kuvaytda 130 ming nafar amerikalik harbiy xizmatçi xizmatni ötaydigan harbiy baza joylaşgan.
Kuvayt AQŞ-Eron qarama-qarşiligi heç kimga foyda keltirmaydi, deb hisoblaydi.
Iroq
30 yildan ortiqroq vaqt muqaddam Iroq va Eron örtasida uruş bölib ötgandi; Saddam Husayn hukumatdan ağdarilib, qatl etilgaç, Iroqning yangi hukumati Tehron bilan munosabatlarni yaxşilagan va köp sohalarda hamkorlik qilib keladi.
Sönggi yillarda mamlakat IŞIDga qarşi uruş olib boriş bilan band böldi. 2017 yilning dekabrida jangarilarga qarşi uruş yakunlangani e'lon qilindi.
Rossiya bilan munosabatlar
Davlatlar hamkorlik qiladi, Rossiya Iroqni jangarilarga qarşi uruşda qöllab-quvvatlagan.
Bundan taşqari, Rossiya köp yillar davomida Iroqqa turli qurollar yetkazib kelmoqda. Iroq Rossiyadan qurol sotib oluvçi davlatlar röyxatida Hindistondan keyingi ikkinçi örinni band etadi.
AQŞ bilan munosabatlar
Amerikalik harbiylar Saddam Husaynning qatlidan keyin yana 5 yil davomida, 2011 yilgaça Iroqda qolişgan.
Hozirda AQŞ va Iroq manfaatlari neft böyiça muştarak, ammo Iroq katta miqdorda neft eksport qilsa-da uruş oqibatlari tufayli oğir iqtisodiy ahvolda qolmoqda.