Ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda maktablarning 1-sinfiga qabul qilish endilikda pullik asosda amalga oshiriladi degan turli fikr va mulohazalar bildirilmoqda. YO‘Q, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 469-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentiga muvofiq 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan 81 ta umumta'lim muassasalarining 1-sinfiga qabul qilishning yangi tartibi joriy etilgan bo‘lib, bu tartibga ko‘ra asosiy kvota bo‘yicha bolalarni ta'lim muassasalariga qabul qilish mutlaqo bepul asosda amalga oshiriladi.

Endilikda, bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat xizmatlari markazi orqali hech qanday to‘siqlarsiz, inson omilining ishtirokisiz, ya'ni korrupsiya va tanish-bilishchilikdan holi tarzda, shuningdek direktor yoki boshqa mansabdor shaxslarning “kayfiyati”dan bog‘liq bo‘lmagan holda avtomatlashtirilgan tizim yordamida real vaqt rejimida hududiy tegishligiga ko‘ra ro‘yxatda qayd etilgan maktablarga yo‘llanmani (o‘sha zahotiyoq) rasmiylashtirishlari mumkin.

Ilgarigi tartib (mavjud bo‘lgan bo‘lsa) bo‘yicha ota-onalar aynan shu maktablarga bolalarini qanday joylashtirishgan? Hech kimga sir emaski, mazkur maktablarga hattoki o‘z hududida yashab turgan bolalar ham “bepul” asosda, tanish-bilishlarsiz yoki qo‘ng‘iroqlarsiz qabul qilinmagan. Boshqa hududdan keladigan murojaatchilarni qanday qabul qilinishini tushunsa ham bo‘laveradi. Shu sababli, mazkur maktablar kontingentining 90 foizi shaharning boshqa uzoq hududlaridan kelib, shu hududda yashab turib, o‘z huquqidan to‘laqonli foydalana olmagan bolalarning o‘rniga ta'lim oladigan o‘quvchilardan iborat bo‘lgan. O‘sha hududda yashab turgan bolalar esa yuqorida tanishi, direktorga “xizmat haqi” to‘lash uchun mablag‘i, yoki maktabning yetarli “quvvati” bo‘lmaganligi sababli o‘zi yashab turgan hududdan uzoqdagi maktablarga borishga majbur bo‘lgan. Lekin, negadir aynan shu maktablarda boshqa hududlardagi o‘quvchilar uchun o‘rin ham topilgan quvvat ham yetarli bo‘lgan. Xo‘sh bu adolatli tartib bo‘lganmi? 

 Mazkur ma'muriy reglamentning yana bir o‘ziga xos tomoni shundan iboratki,  29-bandda umumta'lim maktablari asosiy kvota doirasida to‘liq qamrab olingandan so‘nggina bo‘sh o‘rinlar qolsa, qo‘shimcha kvota asosida to‘ldirilishi belgilangan. Ya'ni, dastavval maktabga biriktirilgan hududning maktab yoshida bo‘lgan barcha bolalari to‘liq qamrab olingach, direktorga “xizmat haqi” to‘lamasdan, yuqoridagi tanish-bilishlarini ishga solmasdan turib ota-onalarning