Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 43 kishi halok bo‘ldi
Foto: Hindustan Times
Hindiston shimolidagi Ximachal-Pradesh shtatida avtobusning daraga qulashi oqibatida 43 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Hindustan Times nashri xabar berdi.
Avvalroq 25 kishi halok bo‘lgani, 35 kishi jarohat olgani ma'lum qilingandi.
Yana 30 ga yaqin kishi jarohat olgan. Halokat vaqtida 42 kishiga mo‘ljallangan avtobusda kamida 72 kishi bo‘lgan. Qurbonlarning aksariyati mashg‘ulotlardan keyin uylariga qaytayotgan maktab va kollej o‘quvchilari bo‘lgan.
Jarohatlanganlarning ko‘pchiligi og‘ir ahvoldaligi sababli qurbonlar soni oshishi mumkin.
Politsiya voqea sabablarini aniqlashtira boshlagan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi boshqaruvni qo‘ldan chiqargan.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi qurbonlar oilalariga o‘z hamdardligini bildirgan, jarohat olganlarga tezroq sog‘ayib ketishlarini tilab qolgan.
Mavzuga oid
09:00
Sergeli tumanida avtobusda yong‘in chiqdi
10:10 / 04.04.2026
Hindiston O‘zbekistonda bodomzorlar tashkil etadi
09:29 / 03.04.2026
Shota Rustaveli ko‘chasida avtobus piyodani urib yubordi
15:19 / 02.04.2026