Qozog‘istonda o‘zbekistonlik 20 nafar muhojirning pasporti olib qo‘yilib, ish haqi berilmagani aniqlandi
2019 yil 23 iyun kuni O‘zbekistonning Olmaota shahridagi bosh konsulxonasi xodimi ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan murojaatni tekshirish uchun Olmaota viloyati, Jambil tumani Minboyev qishlog‘iga bordi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma'lum qildi.
Aniqlanishicha, Xorazm viloyatidan bo‘lgan 20 nafar O‘zbekiston fuqarolari joriy yil mart oyi boshida o‘zbekistonlik Z. bergan ma'lumotga binoan g‘isht zavodida ishlash uchun Qozog‘istonga kelgan. Ularning pasportlari vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish va mehnat ruxsatnomasini rasmiylashtirish bahonasida olib qo‘yilgan.
Zavod egasining maosh bo‘yicha majburiyatlarini bajarmagani va pasportlarni qaytarishni rad qilgani munosabati bilan O‘zbekiston fuqarolari mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.
Xorijlik fuqarolarni noqonuniy ishga yollash fakti bo‘yicha ish ochilgan, O‘zbekiston fuqarolari esa Qaskelen shahri 1-son qabul qilish-tarqatish joyiga vaqtincha joylashtirildi.
24 iyun, ya'ni bugun sud bo‘lishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
22:56 / 09.08.2024
Qozog‘iston IIV sobiq rahbariga 5 yil muddatga shartli qamoq jazosi tayinlandi
20:56 / 11.06.2024
Qozog‘istonda prezident qarorgohiga hujum qilganlar turli muddatga qamaldi
13:32 / 10.06.2024
Olmaotada 27 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
13:11 / 08.06.2024